11−15-iyul kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi va Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) hamda Qo‘qon universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarni targ‘ib qilish, ushbu davlatlar yoshlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish kabi maqsadlarda o‘tkazilgan festivalga Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan yoshlar qatnashdi.

turksoy, turkiy tilli yoshlar festivali, қўқон

Festival doirasida 3 kun davomida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, elchixona konsullari bilan festival ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etiladi. Shuningdek, turkiy tilli yoshlar Qo‘qon shahridagi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishdi.

turksoy, turkiy tilli yoshlar festivali, қўқон

“Mamlakatimiz prezidenti tashabbusi bilan turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlar yoshlari o‘rtasida ushbu festival har ikki yilda doimiy o‘tkazilishi belgilandi. Bu orqali yoshlar o‘rtasida turli g‘oyalarni muhokama qilish, manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda eng muhimi, ular o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratganmiz. Bu kabi tadbirlar qardosh xalqlar yoshlari o‘rtasida uzilmas ko‘prik vazifasini o‘tab beradi deb ishonaman”, — dedi Madaniyat va turizm vazirligi boshqarma boshlig‘i Zarrina Abdullayeva.

turksoy, turkiy tilli yoshlar festivali, қўқон

“Biz Qozog‘iston janubi Chimkent shahridan 18 nafar yoshlar bilan birgalikda “Turkiy tilla yoshlar” festivaliga keldik, “, — dedi Qozog‘iston O‘zbek etnomadaniy birlashmalari hamjamiyatlari raisining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shahlo Noraliyeva. — Yoshlarimizning taassurotlari ijobiy, juda ham ta’sirlanishmoqda. Bizni chegarada kutib olishlaridan tortib, Qo‘qon vokzalidagi karnay-surnaylar bilan kutib olishlari ularda juda katta taassurot uyg‘otdi. O‘zimizni katta, juda muhim va martabali his qildik, deyishdi. Yoshlarimiz bu yerda turkiy tilli davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lib, eng asosiysi, bir-birlarini tarjimonlarsiz tushunmoqda. Ba’zi bir tushunmagan so‘zlarini o‘zaro tahlil qilishib, turki tilli xalqlarning nechog‘lik tarixi, madaniyati, urf-odatlari bir-biriga o‘xshash ekanligini, hattoki milliy naqlashda ham o‘ziga xosliklar borligini ko‘rishdi”.

turksoy, turkiy tilli yoshlar festivali, қўқон