Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida bir qancha fermer xo‘jaliklarida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborganlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.

qayd etilishicha, Qumqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan “Bo‘ston Firdavs” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari F.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga (Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 21 million 286 ming 980 so‘m zarar yetkazilgan.

“Hojimurod Mamatrayim” fermer xo‘jaligida ham g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari F. M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 17 million 548 ming 113 so‘m zarar yetkazilgan.

“Elsevar Nurli Zamin” fermer xo‘jaligida ham g‘alladan bo‘shagan, 5 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari U.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu holat bilan tuproq unumdorligiga 8 million 774 ming 055 so‘m zarar yetkazilgan.

“Kakaydi paxtakor” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari I.E.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik oqibatida tuproq unumdorligiga 17 million 520 ming 822 so‘m zarar yetkazilgan.

“Eshqobil Hojimurod” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 13 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari E. Q.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu holat bilan tuproq unumdorligiga 27 million 918 ming 690 so‘m zarar yetkazilgan.

“Zilola-Ruslan” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 7 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari B.Q.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 13 million 28 ming 722 so‘m zarar yetkazilgan.

Qumqo‘rg‘on tumanida aniqlangan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborganlik holati bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 106 million 074 ming so‘mni tashkil etdi. Yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undiriladi.