Jamiyat

Toshkentda ayrim ko‘chalarning bir qismi vaqtincha yopiladi
19 iyul 2023, 14:35

Toshkentda ayrim ko‘chalarning bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentning Nurliyo‘l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalarining bir qismi 19-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar yopiladi. Bu vaqtda metroning yer usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib boriladi.

IBA rahbari Rufat Risqiyevni avtomashina bilan taqdirladi
19 iyul 2023, 14:12

IBA rahbari Rufat Risqiyevni avtomashina bilan taqdirladi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlev o‘zbekistonlik bokschi Rufat Risqiyevga Malibu-2 mashinasini topshirdi. Faxriy sportchi IBA prezidentining faxriylar masalasida maslahatchisi etib tayinlandi. Avvalroq unga tashkilot tomonidan umrbod 1000 dollarlik maosh tayinlangandi.

Bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyul kuni boshlanadi
19 iyul 2023, 13:01

Bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyul kuni boshlanadi

Jinoyat kodeksining firibgarlik, tovlamachilik va boshqa moddalari bilan ayblanayotgan bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyulda bo‘lib o‘tadi. Ishda 14 nafar jabrlanuvchi mavjudligi va ularga jami 903 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila sezildi
19 iyul 2023, 12:44

O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila sezildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.

Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi
19 iyul 2023, 12:16

Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi

Buxoro shahridagi “Hovli poyon” uyida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etilmoqda. Bu uy O‘rta Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan.

Exadot biznes rivoji uchun mobil ilovalar yaratadi
19 iyul 2023, 11:00

Exadot biznes rivoji uchun mobil ilovalar yaratadi

Exadot kompaniyasi biznes turidan qat’iy nazar qamrov ko‘lamini kengaytirish uchun mobil ilovalar yaratadi. Hozirgacha kompaniya InMovie, Finance App, Benny Rideshare va boshqa ilovalarni ommaga taqdim etgan.

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar tuzog‘iga tushgan ikki bug‘u halok bo‘ldi
19 iyul 2023, 10:21

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar tuzog‘iga tushgan ikki bug‘u halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topildi. Ular brakonerlar tuzog‘iga tushib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi.

18-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
18 iyul 2023, 22:00

18-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Chirchiqda uylarni sotishdagi korrupsion sxema, ovqatlanish sabab rivojlanishdan ortda qolgan bolalar, Xorazmda bankka to‘pponchada kirgan shaxs, Rossiyada pasportini oldirib qo‘yganlar, “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj, Ohangarondagi yangi chiqindi poligoni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxirigacha ishga tushadi
18 iyul 2023, 20:54

Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxirigacha ishga tushadi

Prezidentning 2019-yildagi topshirig‘i bo‘yicha qurilishi belgilangan Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxiriga qadar ishga tushadi. 30 gektardan iborat maydonda metan gaz yig‘uvchi quvurlar va chiqindi suyuqliklarini tortuvchi nasoslar bo‘lishi hisobiga yerga zarar yetmasligi va’da qilinmoqda.

“Poytaxt ichidagi avtoban”. “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj
18 iyul 2023, 17:34

“Poytaxt ichidagi avtoban”. “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj

“Qo‘yliq” bozori yo‘lida 2021-yildan beri qurilish ishlari olib borilyapti. Hozircha Toshkent halqa avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun yo‘l o‘tkazgichning bir qismi bitkazildi. Bajarilayotgan ishlardan sharoitlar faqat mashinalar uchun yaratilayotgani, piyodalar uchun esa qulayliklar deyarli yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Kompromatuzb ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda ko‘riladi
18 iyul 2023, 16:53

Kompromatuzb ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda ko‘riladi

Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqadorligi aytilayotgan jurnalistlarga nisbatan sud ishi yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi.

14 ta hududda Ijtimoiy himoya agentligining boshqarma boshliqlari tayinlandi
18 iyul 2023, 15:29

14 ta hududda Ijtimoiy himoya agentligining boshqarma boshliqlari tayinlandi

Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi farmoni bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi. Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi. Ro‘yxat.

Hisob palatasiga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi
18 iyul 2023, 14:31

Hisob palatasiga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi

Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilingani uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.

Nukusda FVV xodimlari devor orasiga tiqilib qolgan mushukni qutqarib oldi
18 iyul 2023, 14:23

Nukusda FVV xodimlari devor orasiga tiqilib qolgan mushukni qutqarib oldi

Nukusda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uy devorlari orasiga tiqilib qolgan mushukni chiqarib oldi.

Xorazmda bankka to‘pponcha bilan kirishga uringan shaxs ushlandi
18 iyul 2023, 12:48

Xorazmda bankka to‘pponcha bilan kirishga uringan shaxs ushlandi

Urganch shahrida bankka pnevmatik to‘pponcha bilan kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Holat yuzasidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlandi.

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
18 iyul 2023, 11:52

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chuvashiya Respublikasida hujjatlarini oldirib qo‘yib, oylik maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklarning 12 nafariga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Ular O‘zbekistonda yangi pasport oladi.

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi
18 iyul 2023, 11:33

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda sudlanganlar va ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda karrasiga oshgan. Sudlangan voyaga yetmaganlarning soni 3 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu Oliy sud ochiqlagan statistik ma’lumotlarda aks etadi.

Termizda 316 mln so‘m qalbaki pullar va alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi
18 iyul 2023, 11:24

Termizda 316 mln so‘m qalbaki pullar va alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida soxta pullar yasovchi shaxsdan olib qo‘yilgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m qalbaki pullar va noqonuniy alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi.

Foto: Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol ortidan elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi
18 iyul 2023, 10:44

Foto: Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol ortidan elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi

Dushanba kuni kuchli shamol Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda daraxt va uy tomlarining qulashi hamda elektr tarmoqlariga shikast yetishiga sabab bo‘ldi. Foto.

2023-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga 6,3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi
18 iyul 2023, 10:23

2023-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga 6,3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda 2023-yil yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 6 mln 337 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi vodiy viloyatlari va poytaxtda qayd etilgan. 2022-yil davomida chaqiriqlar soni 13 milliondan oshgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting