Jamiyat

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudni jonli efirda uzatish taqiqlandi
16 avgust 2023, 17:21

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudni jonli efirda uzatish taqiqlandi

16-avgust kuni “Dok-1 Maks” ishi doirasida bo‘lib o‘tayotgan sudda avvaliga “Qalampir.uz” hamda “Kun.uz” nashrlarini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda ayblagan sudlanuvchilarning advokatlari tushdan keyin “Gazeta.uz”ning jonli efirini to‘xtatishni so‘radi. Sud ularning so‘rovini qanoatlantirdi.

Xorijdan keltirilgan salkam 5,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi — DXX
16 avgust 2023, 17:08

Xorijdan keltirilgan salkam 5,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi — DXX

Toshkent shahri va viloyatida 3 ta holat bo‘yicha mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan qariyb 5,7 kg sintetik giyohvandlik vositalari savdosi aniqlanib, musodara qilindi.

21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi
16 avgust 2023, 16:05

21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi

IM-2 qozonxonasida olib boriladigan ta’mirlash ishlari munosabati bilan 21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator ko‘chalarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Ro‘yxat.

Dorilardan vafot etgan o‘nlab bolalar xotirasi uchun motam e’lon qilinishi kerak
16 avgust 2023, 15:10

Dorilardan vafot etgan o‘nlab bolalar xotirasi uchun motam e’lon qilinishi kerak

65 bolaning doridan vafot etishi — umummilliy fojia. Kuchli va g‘amxo‘r davlat xatolarni tan olib, bunday fojia takrorlanmasligi uchun xulosalar chiqaradi. Halok bo‘lgan bolalar xotirasi va ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda motam e’lon qilinishi zarur. “Gazeta.uz” nuqtai nazari.

Og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining madaniy meros obyekti bor ko‘chalarga kirishi taqiqlandi
16 avgust 2023, 14:50

Og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining madaniy meros obyekti bor ko‘chalarga kirishi taqiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari bor ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining kirishi taqiqlandi.

O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi uchib ketish yo‘nalishida yashil va qizil yo‘lakli tizim tugatildi
16 avgust 2023, 12:08

O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi uchib ketish yo‘nalishida yashil va qizil yo‘lakli tizim tugatildi

O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi. U 2018-yil 1-yanvarda ishga tushirilgandi. O‘rniga masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi.

Navoiyda ayol qiz farzandini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
16 avgust 2023, 11:24

Navoiyda ayol qiz farzandini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ayol 2023-yilda tug‘ilgan qizini 90 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Holat yuzasidan “Odam savdosi” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

6 oyda 248,3 ming o‘zbekistonliklar dam olish uchun xorijga chiqqan
16 avgust 2023, 11:17

6 oyda 248,3 ming o‘zbekistonliklar dam olish uchun xorijga chiqqan

O‘zbekistonliklarning 248,3 ming nafari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida dam olish maqsadida xorijga safar qilgan.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi
16 avgust 2023, 10:04

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.

Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum qilinadi
16 avgust 2023, 09:44

Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum qilinadi

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi xususiy kameralar ma’lumotlarida 5 foizdan ortiq xatolikka yo‘l qo‘yilsa, tadbirkorlar ushbu kameralarga egalik huquqidan mahrum etiladi.

Qashqadaryoda maktabni ta’mirlashga o‘qituvchilarni jalb qilgan direktor 33 mln so‘m jarimaga tortildi
16 avgust 2023, 09:16

Qashqadaryoda maktabni ta’mirlashga o‘qituvchilarni jalb qilgan direktor 33 mln so‘m jarimaga tortildi

Koson tumanidagi 20-maktab direktori o‘qituvchi va ishchi xodimlarni ta’mirlash ishlariga jalb etgani aniqlandi. Direktorga nisbatan 33 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llandi.

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish endi faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi
15 avgust 2023, 15:52

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish endi faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari, 2024/2025 o‘quv yilidan esa barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi
15 avgust 2023, 14:52

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh aholi noma’lum shaxsni voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilish va uni o‘g‘irlashda uringanlikda ayblayotgan video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi 43 yoshli erkak bo‘lib, u ruhiy-asab kasalliklar dispanserida ro‘yxatga olingan.

IELTS`dan 7,5 ballga ega tibbiyot talabalariga 990 ming so‘m stipendiya beriladi
15 avgust 2023, 13:19 1

IELTS`dan 7,5 ballga ega tibbiyot talabalariga 990 ming so‘m stipendiya beriladi

SSV 2023-yildan IELTS bo‘yicha kamida 7,5 balli, nemis va fransuz tilini bilish darajasi bo‘yicha S1 sertifikatli tibbiyot OTM va texnikumi talabalariga 990 ming so‘m stipendiya to‘laydi. To‘lov sertifikatning amal qilish davrida berib boriladi.

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?
15 avgust 2023, 12:44

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?

Rasmiylar O‘zbekistonda velosipedda harakatlanishni rivojlantirish haqida muntazam gapirib keladi. Toshkentda esa, tanqidlarga qaramay, noto‘g‘ri va xavfli veloyo‘laklar qurilishi davom etmoqda. MHTI mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, velosiped nima uchun ommalashmayotgani sabablarini o‘rgandi.

Toshkentda gazdan noqonuniy foydalanib 824,4 mln so‘m zarar yetkazgan sex aniqlandi
15 avgust 2023, 11:24

Toshkentda gazdan noqonuniy foydalanib 824,4 mln so‘m zarar yetkazgan sex aniqlandi

Mirobod tumanidagi poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida gazdan noqonuniy foydalanib, tizimga 824 mln 417 ming so‘m zarar yetkazgan fuqaro aniqlandi.

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
15 avgust 2023, 10:04

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. U 5 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi.

“Bolam yura va gapira olmaydi” — “Dok-1 Maks”dan zaharlangan bolaning otasi
15 avgust 2023, 09:30

“Bolam yura va gapira olmaydi” — “Dok-1 Maks"dan zaharlangan bolaning otasi

Sud Marion Biotech dorilari, jumladan, “Dok-1 Maks” siropini ichishi oqibatida 65 bola vafot etgani bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Jabrlanganlardan birining otasi farzandi nogiron bo‘lib qolgani, yura va gapira olmasligini aytdi. Dori-darmonlarni o‘z pulimizga oldik, deydi u.

Toshkentda kaltaklangan Zo‘r TV jurnalistlari ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15 avgust 2023, 09:29

Toshkentda kaltaklangan Zo‘r TV jurnalistlari ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda qulagan to‘sinlar haqida reportaj tayyorlamoqchi bo‘lganida kaltaklangan Zo‘r TV jurnalistlari ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” telekanal xodimlariga hujum qilgan ish boshqaruvchi ishdan olinganini ma’lum qilgandi.

Toshkent viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi
15 avgust 2023, 09:14

Toshkent viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi

Ohangaron tumanida Matiz o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi yuk mashinasining orqa qismiga urildi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting