Jamiyat

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi
15 yanvar 2024, 12:49

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan kafe yonib ketdi. Vafot etganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki kun avval Mirobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan edi.

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi
15 yanvar 2024, 12:04

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda
15 yanvar 2024, 11:30

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.

Jizzaxda elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
15 yanvar 2024, 10:38

Jizzaxda elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi

Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. U hamkasbi bilan nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv olib borayotgan bo‘lgan.

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)
14 yanvar 2024, 22:09

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)

Faollar va blogerlar Toshkent markazida aholi va hukumat e’tiborini ekologik muammolar, xususan, havo sifati yomonligiga qaratish uchun #tozahavokerak heshtegi ostida fleshmob o‘tkazdi. Ular rasmiylardan bir martalik emas, balki uzoq muddatli va keng qamrovli yechimlarni kutayotganini bildirdi. Foto.

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
14 yanvar 2024, 17:57

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
14 yanvar 2024, 13:29

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkentdan Qozon (Rossiya) tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.

“Toshkentda yashab bo‘lmay qolyapti”. Odamlar poytaxt havosi haqida nima deydi?
14 yanvar 2024, 12:41

“Toshkentda yashab bo‘lmay qolyapti”. Odamlar poytaxt havosi haqida nima deydi?

Poytaxt havosi sifati haqida so‘nggi kunlarda ko‘p gapirilmoqda. OAVdagi chiqishlardan so‘ng rasmiylar ham bu bo‘yicha bayonotlar bera boshladi. Xo‘sh, hududda yashayotganlar o‘zlari nafas olayotgan havo xususida qanday fikrda? “Gazeta.uz”ning bu galgi so‘rovnomasi shu haqda.

Konstitutsiyaviy sud sudyalari endi qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylanadi
13 yanvar 2024, 16:17

Konstitutsiyaviy sud sudyalari endi qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylanadi

Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Nima tayyorlaymiz: Sho‘rvalar
13 yanvar 2024, 16:00

Nima tayyorlaymiz: Sho‘rvalar

Makkajo‘xorili tovuq sho‘rva, “Xarcho”, frikadelkali turkcha sho‘rva, qaynatma sho‘rva, yasmiqli turkcha krem-sho‘rva va boshqalar — Zira.uz turli xil suyuq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Asaxiy Books nashriyoti tomonidan bank-moliya sohasi uchun muhim kitob o‘zbek tilida nashr qilindi
13 yanvar 2024, 15:00

Asaxiy Books nashriyoti tomonidan bank-moliya sohasi uchun muhim kitob o‘zbek tilida nashr qilindi

“Bank 4.0. Doim siz bilan — hozir va shu yerda” kitobi moliya sohasi uchun Asaxiy Books nashriyoti tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. Kitobda yaqin kelajakda kutilayotgan moliyaviy manzara qanday ekanini Brett King aniq va asosli tasvirlagan.

Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringanlar to‘xtatildi
13 yanvar 2024, 13:38

Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringanlar to‘xtatildi

Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan hindistonlik shaxslarni to‘xtatib qoldi.

Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi
13 yanvar 2024, 13:03

Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi

Prezident qarori bilan elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024−2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

Nima tayyorlaymiz: Teftellar va frikadelkali taomlar
13 yanvar 2024, 11:54

Nima tayyorlaymiz: Teftellar va frikadelkali taomlar

Zira.uz bu gal teftellar va frikadelkali taomlarni sevuvchilar uchun retsept tayyorladi. Undan pishloqli teftellar, Osiyocha lapshali frikadelkalar, frikadelkali toblatma, pomidorli qaylada pishirilgan frikadelka va boshqalar o‘rin olgan.

Toshkentdagi kafeda sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi jarohat oldi
13 yanvar 2024, 11:34

Toshkentdagi kafeda sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi jarohat oldi

Mirobod tumanida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in sabab kafening 150−200 kv. metr maydonida tom va shift qismi zararlandi.

USAID Toshkentdagi “Energiya” MDMga 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar topshirdi
13 yanvar 2024, 10:50

USAID Toshkentdagi “Energiya” MDMga 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar topshirdi

USAID “Energiya” muvofiqlashtirish va dispetcherlik markaziga energetika sektorini boshqarish bo‘yicha 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar va dasturiy ta’minot topshirdi. Mazkur texnologiyalar markaz dispetcherlariga mintaqadagi energiya rejimini saqlash uchun dolzarb ma’lumotlarni namoyish qilish imkonini beradi.

O‘zbekistonda endi begona shaxslarni uydan ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmaydi
13 yanvar 2024, 10:42

O‘zbekistonda endi begona shaxslarni uydan ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmaydi

Hukumat qarori bilan begona shaxslarni uy doimiy ro‘yxatidan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilindi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.

Toshkentda Matiz yonib ketdi
13 yanvar 2024, 09:37

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Yunusobod tumanida Matiz butunlay yonib ketdi. Yong‘in kelib chiqishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB haydovchilardan avtomobilning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Urganchga olib kelindi
13 yanvar 2024, 09:21

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Urganchga olib kelindi

Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadlari maxsus reys bilan Urganchga olib kelindi. Barcha vafot etganlar Xorazm viloyatidan bo‘lgan.

12-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 yanvar 2024, 22:54

12-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Havo sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar bergan Ekologiya vazirligi, elektrotexnika jihozlari uchun uzaytirilayotgan imtiyozlar, yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalash tizimini yaxshilashni aytgan prezident, tadbirkorlar uchun bekor qilinayotgan litsenziyalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting