Qashqadaryo viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlagan X.J. fuqaro Sh. O.ni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga ishlash uchun yuborishini aytgan. Oldindan 5000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.