2023-yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Ularning 248,3 ming nafari dam olish uchun chet elga chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

2023-yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 1,7 mln kishi;
  • dam olish — 248,3 ming kishi;
  • o‘qish maqsadida — 19,5 ming kishi;
  • davolanish — 15,3 ming kishi;
  • xizmat yuzasidan — 6,8 ming kishi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.