Navoiy viloyatida 2023-yilda tug‘ilgan qizini 90 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Bu holat Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu moddaga ko‘ra, ayol 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.