Jamiyat

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi
13 avgust 2023, 10:16

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi

DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi
12 avgust 2023, 23:30

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.

Nima o‘qiymiz? San’atni ommalashtiruvchi Sardor Babayev tavsiya qiladi
12 avgust 2023, 18:48

Nima o‘qiymiz? San’atni ommalashtiruvchi Sardor Babayev tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi
12 avgust 2023, 17:18

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi

Toshkent shahrida tug‘ilgan 22 yoshli yigit Suriyada “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkilotida jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirgani uchun jarimaga tortildi
12 avgust 2023, 14:21

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirgani uchun jarimaga tortildi

Yangibozor tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchilar maktabni tozalashga jalb qilindi. Bu topshiriqni bergani uchun direktorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llandi.

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa” taomlar
12 avgust 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa” taomlar

Pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuqli “dangasa” xonim, chuchvara, “dangasa” tovuq oyoqchalari, do‘lma va boshqalar — Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa” taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Foto: Toshkentda minglab abonentlar 12 soatga yaqin elektr ta’minotisiz qoldi
12 avgust 2023, 07:40

Foto: Toshkentda minglab abonentlar 12 soatga yaqin elektr ta’minotisiz qoldi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi minglab xonadonlar va ko‘plab obyektlar tarmoqdagi nosozlik tufayli 12 soatga yaqin elektrsiz qoldi. Shuningdek, hududda svetoforlar ham ishlamadi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

“Gazeta.uz” 15 yilligini nishonlamoqda
11 avgust 2023, 22:37

“Gazeta.uz” 15 yilligini nishonlamoqda

11-avgust kuni O‘zbekistondagi eng yirik internet nashrlaridan biri “Gazeta.uz” o‘zining 15 yilligini nishonlamoqda. Sayt ilk kunlardanoq “Yangiliklarimiz xalq uchun” shiori ostida faoliyat yuritib kelmoqda.

11-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
11 avgust 2023, 22:17

11-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Mahalliy reyslarga chegirma e’lon qilgan Uzbekistan Airways, mutasaddilarga qish yaqinlashayotganini eslatgan Shavkat Mirziyoyev, bloger Sanjar Xo’ja va Sherali Komilovlarning qidiruvga berilgani sabablari, Jahon kubogini tark etgan barcha o‘zbek shaxmatchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘zbekiston IIV — ikki bloger qidiruvga berilgani sabablari haqida
11 avgust 2023, 18:36

O‘zbekiston IIV — ikki bloger qidiruvga berilgani sabablari haqida

IIV 2 bloger qidirilayotgani sabablarini ma’lum qildi. Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) 2012-yildan buyon Sergeli bozorida fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilgani uchun qidirilmoqda. Retsidivist deb topilgan Sherali Komilov (Detectiv Uz) 3 ta holatda firibgarlik va haqorat qilishda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston maktablarida darslar 4-sentabrdan boshlanadi
11 avgust 2023, 17:51

O‘zbekiston maktablarida darslar 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabr, dushanbadan boshlanadi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Reallik chegarasidan tashqarida: ROG Zephyrus M16`ning to‘rtta jozibali xususiyati
11 avgust 2023, 17:00

Reallik chegarasidan tashqarida: ROG Zephyrus M16`ning to‘rtta jozibali xususiyati

Ultrayupqa ROG Zephyrus M16 noutbuki yordamida ijodiy va o‘yin imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Qurilma zamonaviy dizayn va yanada kuchli konfiguratsiyaga ega bo‘ldi.

Farg‘onada elektr korxonasi xodimi kaltaklandi
11 avgust 2023, 13:08

Farg‘onada elektr korxonasi xodimi kaltaklandi

Farg‘ona viloyati HETKning kadrlar bo‘limi boshlig‘i kaltaklandi. Bunga uning hisobchiga nega ishga kelmaganini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilgani va suhbat chog‘ida ayolning eri bilan janjallashgani sabab bo‘lgan. Xodim shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi
11 avgust 2023, 13:00

“O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi

“O‘zbekgidroenergo” AJ Fitch Rartings xalqaro reyting agentligida BB- (barqaror) darajasini saqlab qoldi va mustaqil kredit reytingini b+ darajaga ko‘tardi.

Alibaba korporatsiyasi Namanganda mintaqaviy markazini ochmoqchi
11 avgust 2023, 12:31

Alibaba korporatsiyasi Namanganda mintaqaviy markazini ochmoqchi

Xitoyning Alibaba texnologik korporatsiyasi Namangandagi IT Park`da o‘z mintaqaviy markazini ochishi mumkin. Tashkilot rasmiylari hudud tekstil, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishda mintaqaviy markaz bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi
11 avgust 2023, 11:45

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi

Juma kuni Ural hududlaridan kirib keladigan salqin havo hisobiga dam olish kunlari harorat pasayadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30…+32, janubda +35 darajadan oshmaydi. Harorat tushishi kelgusi haftaning o‘rtasigacha davom etadi.

Samarqanddagi ohak sexi 4,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
11 avgust 2023, 10:57

Samarqanddagi ohak sexi 4,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Pastdarg‘om tumanida ohak ishlab chiqaruvchi sex mansabdorlari 4,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi
11 avgust 2023, 10:32

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi

Uchtepa tumanida Yutong rusumli avtobus yo‘liga chiqib qolgan Spark avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida hech kim jarohat olmadi. Bu poytaxtda yangi avtobuslar ishtirokidagi birinchi YTH emas.

Kolonka. Yangi O‘zbekiston maktabi: Strategiya-2030 loyihasi qanchalik chuqur o‘ylangan?
11 avgust 2023, 10:26

Kolonka. Yangi O‘zbekiston maktabi: Strategiya-2030 loyihasi qanchalik chuqur o‘ylangan?

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida aholi talabi va xalqaro andozalarga javob beruvchi ta’lim tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Qo‘yilgan maqsadlar har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish ustuvorligiga qay darajada mos? Kolumnist Komil Jalilov tahlil qiladi.

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
11 avgust 2023, 09:34

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting