O‘zbekistonda tarixiy madaniy meros obyektlari joylashgan ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari kiritilmasligi belgilandi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 14-avgustdagi “Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalariga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorida so‘z borgan.

Shuningdek, hujjatda moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil qilinishi kerakligi qayd etildi.

Bunda chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalarining mazkur obyektlarga shikast yetkazmaslik choralari ko‘riladi.