Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 21−26-avgust kunlari IM-2 qozonxonasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli issiq suv o‘chirilishini ma’lum qildi.

Isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida zulfinlarni almashtirish, 2-IMning ikkilamchi elektr ta’minoti tizimini tekshirish va sozlash, jihozlarni demontaj qilish va o‘rnatish, shuningdek, qozonxonaga tutash magistral tarmoqlardagi ishlarni amalga oshiradi.

“Ko‘p ishlarni qozonxonani o‘chirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas”, — deb ta’kidladi kompaniya.

Shu sababli Mirzo Ulug‘bek tumanining Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6, 2-Bo‘z va Feruza dahalarida, Do‘rmon yo‘li, Mingbuloq, Temur Malik, So‘fizoda, Mirzo Ulug‘bek va Sho‘rtepa ko‘chalarida issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi.

Issiq suv ta’minoti 26-avgust kuni tushgacha tiklanishi aytildi.

Ma’lumot uchun, 2-issiqlik markazi iyul va avgust oylarida issiq suvni 5 kunga rejali to‘xtatish jadvalidan joy olmagandi.