Jamiyat

Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
22 avgust 2023, 09:29 1

Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

OTMga qabul uchun test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi va u 31-avgustga qadar davom etadi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.

OTMga kirish bo‘yicha mandat e’lon qilindi
22 avgust 2023, 00:30

OTMga kirish bo‘yicha mandat e’lon qilindi

22-avgust kechasi O‘zbekistonda OTMga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari, abituriyent ID raqamini yuborgan holda @edtmmandatbot Telegram boti, ruxsatnoma QR-kodi hamda test natijalari qaydnomasi orqali bilishlari mumkin.

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
21 avgust 2023, 22:55

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi

DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.

21-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
21 avgust 2023, 22:00

21-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Mustaqillik bayramiga ketma-ket 3 kun dam, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirgan O‘zbekiston, o‘zini osib o‘ldirgan 20 yoshli kelin, narkotiklar ro‘yxatiga kirgan “Tapentadol”, Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi, Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi
21 avgust 2023, 20:59

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.

Yil boshidan beri xotin-qizlarga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi
21 avgust 2023, 17:36

Yil boshidan beri xotin-qizlarga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi

2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.

Roodell kompaniyasi Chery brendi bilan birga tarmoqni kengaytirishda davom etmoqda
21 avgust 2023, 17:00

Roodell kompaniyasi Chery brendi bilan birga tarmoqni kengaytirishda davom etmoqda

Sergeli tumanida yangi Chery Sergeli dilerlik markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida brendning 10 nafar mijoziga avtomobil kalitlari hamda kompaniyadan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi
21 avgust 2023, 16:10

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 1−3-sentabr kunlari dam oladi. 4-sentabrdan esa barcha yana ishga qaytadi.

Farg‘onada 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Yaqinlari uning kaltaklanganini bildirdi
21 avgust 2023, 15:13

Farg‘onada 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Yaqinlari uning kaltaklanganini bildirdi

O‘zbekiston tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, kelinchak turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib, oila a’zolaridan uni olib ketishlarini so‘ragan. Kelinning qarindoshlari o‘lim sababiga shubha bildirmoqda.

O‘zbekistondan Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
21 avgust 2023, 11:28

O‘zbekistondan Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida haftada bir marotaba amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent — Budapesht yo‘nalishidagi reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.

Hafta davomida o‘rtacha issiq havo kuzatiladi
21 avgust 2023, 11:18

Hafta davomida o‘rtacha issiq havo kuzatiladi

21−25-avgust kunlari O‘zbekistonda havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduzi +34…+39 daraja bo‘ladi. Juma kuni Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo massasi kirib kela boshlaydi.

O‘zbekistonlik erkak Janubiy Koreyadagi terror tashkilotni moliyalashtirishda gumonlanmoqda
21 avgust 2023, 10:24

O‘zbekistonlik erkak Janubiy Koreyadagi terror tashkilotni moliyalashtirishda gumonlanmoqda

Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatib, uni moliyalashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. IIV tergov harakatlarini olib bormoqda.

Uzbekistan Airways kompaniyasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 avgust 2023, 12:01

Uzbekistan Airways kompaniyasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Alisher Sattarov Uzbekistan Airways boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, Shaxzod Ikramov va Shuxratillo Yadgarovlar rais o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

Click BYD avtomobili hamda ko‘plab boshqa sovrinlar bilan yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda
19 avgust 2023, 19:00

Click BYD avtomobili hamda ko‘plab boshqa sovrinlar bilan yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

16-avgustdan 5-oktabrgacha Click asosiy sovg‘asi BYD Song Plus avtomobili bo‘lgan yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda. Aksiya davomida yana ko‘plab boshqa qimmatli sovg‘alar ham o‘ynaladi.

Toshkentda elektrobus haydovchilari quvvatlashdagi muammolardan shikoyat qilmoqda
19 avgust 2023, 18:19

Toshkentda elektrobus haydovchilari quvvatlashdagi muammolardan shikoyat qilmoqda

Internetda elektrobus haydovchilarining mashinalarni quvvatlashdagi muammolardan shikoyat qilgan videomurojaati tarqaldi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kechikishlar tufayli rejani bajarib bo‘lmayapti, shuningdek, harakat muntazamligi buzilgan.

Video, foto: O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan aviashou bo‘lib o‘tdi
19 avgust 2023, 18:09

Video, foto: O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan aviashou bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida aviashou bo‘lib o‘tdi. Jangovar va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Shou doirasida ilk bor samolyotlar O‘zbekiston bayrog‘ini “osmonga chizishdi”. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi
19 avgust 2023, 15:51

Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi

Prezident Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik sohasidagi maxsus vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tashkilot sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

“Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 4 oyga yopiladi
19 avgust 2023, 12:41

“Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 4 oyga yopiladi

Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 26-avgustdan boshlab 4 oyga profilaktik ishlar sababli yopiladi. Bekatlar o‘rtasida bepul harakatlanadigan avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

Xitoyda qayd etilgan o‘lat O‘zbekistonga xavf solmaydi — Sanepidqo‘mita
19 avgust 2023, 11:08

Xitoyda qayd etilgan o‘lat O‘zbekistonga xavf solmaydi — Sanepidqo‘mita

Xitoyning shimoliy qismidagi Ichki Mo‘g‘uliston hududida bubonli o‘latga chalinish holatlari aniqlandi. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi kasallik mamlakatga xavf solmasligi va xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi. 50 dan ortiq chegara kesib o‘tish joylarida sanitariya punktlari tashkil etilgan.

Nima tayyorlaymiz: Avokadodan yeguliklar
19 avgust 2023, 09:46

Nima tayyorlaymiz: Avokadodan yeguliklar

Avokadoli salat, vegan sendvichlar, guakamole, sushi tort, avokado hamda tuxumli tost va boshqalar — Zira.uz o‘zbek oshxonasida kam uchraydigan avokadodan turli salat va yeguliklarni tayyorlab ko‘rdi. Avokado O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lmasa-da, uning etida ko‘plab vitamin va minerallar bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting