16-avgust kuni JIB Toshkent shahar sudida 65 nafar bolaning o‘limi, yana ko‘plab bolakaylarning jabrlanishiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi va boshqa dorilar yuzasidan jinoyat ishini ko‘rish davom etdi. Bu haqda jarayonni onlayn yoritib borayotgan “Gazeta.uz” muxbiri xabar berdi.

“Gazeta.uz” bugundan, qonunchilik talablariga muvofiq, sud ishini onlayn efirda namoyish qila boshladi, shuningdek, sud faoliyatiga ta’sir o‘tkazmaslik maqsadida Youtube`dagi efir ostidagi izohlarni o‘chirib qo‘ydi.

Kunning birinchi qismida sudlanuvchilarning advokatlari M.Madaminov hamda A.Husanovlar “Qalampir.uz” nashri jurnalisti Hulkar Murtozoyevani sud jarayonini yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda aybladi va suddan chetlatishni so‘rab, iltimosnoma kiritdi.

Bundan tashqari, yana bir himoyachi I.Rahmatov “Kun.uz” nashrini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda aybladi, biroq jurnalistlarni suddan chetlatish bo‘yicha iltimosnoma kiritmadi.

Sudya iltimosnomalarni rad etib, OAV vakillaridan sud faoliyatini yoritishda tomonlarning aybsizlik prezumpsiyasiga amalga qilishni, jarayonni obyektiv va xolis yoritishni so‘radi.

Sudda tomonlarning fikri tinglanib, barcha iltimosnomalar hal etib bo‘lingach, ayblov xulosasini o‘qib eshittirish uchun so‘z prokurorga berildi.

док-1 макс, jinoyat иши, sud

Tushlik vaqtida sud qisqa tanaffusga chiqdi va o‘z ishini 14:30 dan boshlab davom ettirdi.

док-1 макс, jinoyat иши, sud

E’tiroz bildirishdan oldin jonli efirni kuzatayotgan advokatlar.

Soat 16:00 dan biroz o‘tgach, sudlanuvchilarning himoyachilari “Gazeta.uz” olib borayotgan jonli efir yuzasidan e’tiroz bildirib, sudyadan buni taqiqlashni so‘rashdi. Sudya ushbu so‘rovni qanoatlantirib, tahririyat muxbirini boshqa jonli efir qilmaslik haqida ogohlantirdi.

Sud zalidan fotosuratlar

док-1 макс, jinoyat иши, sud