Ijtimoiy tarmoqlarda erkak qizni olib qochishda ayblanayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda erkakning yuzida qon oqayotgan yara borligi ko‘rinadi. Shuningdek, tasvirlarda ikki nafar huquq-tartibot idorasi xodimi g‘azablangan aholini tinchlantirishga harakat qilayotgani, bir ayol esa erkakni qizini olib qochishga uringanlikda ayblayotganini ko‘rish mumkin.

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hodisa 14-avgust kuni Urganch shahrida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan 43 yoshli fuqaro 2006-yildan buyon shizofreniya tashxisi bilan ruhiy-asab kasalliklar dispanserida hisobda turgan.

Holat Urganch shahar IIB tomonidan o‘rganilmoqda, gumonlanuvchi viloyat ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirildi.