Jamiyat

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi
8 sentabr 2023, 15:48

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi. Ularda irsiy kasalliklari bor bolalar maxsus dori vositalari va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi
8 sentabr 2023, 15:06

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali direktori Xamidullo Ustabayev 50 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

“Zarafshon” milliy bog‘ida noqonuniy ravishda dam olish maskani qurilgani aniqlandi
8 sentabr 2023, 14:20

“Zarafshon” milliy bog‘ida noqonuniy ravishda dam olish maskani qurilgani aniqlandi

Bosh prokuratura “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 39,8 gektar yerning noqonuniy ijaraga berilganini aniqladi. Ushbu hududda ijarachilar 8015 metr kvadrat maydonda butalar va o‘simlik dunyosini nobud qilib, dam olish maskani qurgan.

Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hibsga olindi
8 sentabr 2023, 14:15

Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hibsga olindi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan sud majlisida sudya Muso Yusupovning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘iga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va qo‘shimcha jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda.

Toshkentda elektrobus YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
8 sentabr 2023, 12:15

Toshkentda elektrobus YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus 2 yo‘nalishli yo‘lda ketayotganda harakatiga boshqa mashinalar xalaqit bergani ortidan beton ustunga urildi. 5 yo‘lovchi va haydovchi jarohat oldi. Yo‘lovchilar shifoxonaga yuborilgan. Elektrobusga texnik shikast yetdi.

Dam olish kunlari ko‘p hududlarda havo issiq bo‘ladi, ayrim joylardagina yomg‘ir yog‘adi
8 sentabr 2023, 11:37

Dam olish kunlari ko‘p hududlarda havo issiq bo‘ladi, ayrim joylardagina yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonning katta qismida shanba va yakshanba kunlari havo issiq bo‘ladi. Harorat 37 darajaga isishi mumkin. Ammo Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Navoiy hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

So‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik qariyb 25 barobar oshgan — bosh prokuror
8 sentabr 2023, 11:32

So‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik qariyb 25 barobar oshgan — bosh prokuror

O‘zbekistondagi 1,7 mingga yaqin mahallada kriminogen vaziyatni yaxshilash kerak, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 45 foizdan ortig‘i bevosita mahallalarda sodir etilgan. Co‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik esa qariyb 25 barobar oshgan. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning murojaatida aytiladi.

Xorazmda 13 ta it xodimlar tomonidan zaharlab o‘ldirildi
8 sentabr 2023, 11:19

Xorazmda 13 ta it xodimlar tomonidan zaharlab o‘ldirildi

Hazorasp tumani obodonlashtirish bo‘limi xodimlari aholining egasiz itlar tufayli bolalari maktabga borolmayotgani bo‘yicha qilgan shikoyati sababli 13 ta egasiz va daydi itni zaharli xo‘rak yordamida o‘ldirdi.

2023-yil yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bo‘ldi
8 sentabr 2023, 10:37

2023-yil yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bo‘ldi

Ortda qolgan yoz kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl, avgust esa eng issiq oy bo‘ldi. Olimlar Antarktidada dengiz sathining rekord darajada yuqori harorati va dengiz muzlari darajasining pasayishini kuzatdi. “Sayyora qaynoq mavsumni boshdan kechirdi. Iqlim inqirozi boshlandi”, — deydi BMT rahbari.

Toshkent shimoliy vokzaliga kirish soddalashtirildi
8 sentabr 2023, 10:19

Toshkent shimoliy vokzaliga kirish soddalashtirildi

Toshkent shimoliy vokzalida bir bosqichli nazorat punkti joriy etildi — hujjatlarni tekshirish va bagajni ko‘zdan kechirish endi bir joyda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda maqom san’ati vakillariga ustama haq to‘lash joriy etiladi
8 sentabr 2023, 10:08

O‘zbekistonda maqom san’ati vakillariga ustama haq to‘lash joriy etiladi

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy bo‘limlari boshqaruv, ilmiy va ijodiy xodimlarining yangilangan oylik ish haqi miqdorlari joriy etiladi. Shuningdek, ularning xizmatiga qarab ustama to‘lovlar belgilanadi.

7-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
7 sentabr 2023, 22:00

7-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Samarqandda oshgan yo‘lkira, Toshkent aeroportida ushlangan 8,5 tonna narkotik, Istanbuldagi otishma oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik, Abu-Dabidan Toshkentga ekstraditsiya qilingan xalqaro qidiruvdagi 2 erkak, “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sud tafsilotlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Toshkent aeroportida narkotiklarning rekord darajadagi partiyasi to‘xtatib qolindi — 8,5 tonna (foto)
7 sentabr 2023, 16:59

Toshkent aeroportida narkotiklarning rekord darajadagi partiyasi to‘xtatib qolindi — 8,5 tonna (foto)

Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna ko‘knori olib o‘tilayotgani aniqlandi. Ular hujjatda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida bo‘lgan. Bitta holatda shuncha giyohvandlik vositasining aniqlanishi bojxona tizimining 30 yillik tarixida ilk bor qayd etildi, deyiladi xabarda.

AQSh 2023-yil uchun grin karta berishni yakunladi (O‘zbekistonda 3100 dona berildi)
7 sentabr 2023, 15:43

AQSh 2023-yil uchun grin karta berishni yakunladi (O‘zbekistonda 3100 dona berildi)

AQSh 2023-yilgi grin karta dasturini muddatidan oldin yakunlashini e’lon qildi. Mavjud bo‘lgan barcha 55 000 ta viza berib bo‘lingan. AQShning Toshkentdagi elchixonasida 3100 dan ortiq murojaatchi bilan suhbat o‘tkazilgan.

Farg‘onada gaz “zapravka” 5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
7 sentabr 2023, 15:25

Farg‘onada gaz “zapravka” 5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Oltiariq tumanidagi gaz “zapravka” 27 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.

Samarqandda jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshmoqda
7 sentabr 2023, 15:01

Samarqandda jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshmoqda

8-sentabrdan Samarqandda jamoat transportida yo‘l haqi naqd va bank kartasi orqali to‘lashda 2000 so‘m, transport kartasi bilan esa 1600 so‘mgacha oshadi. Bir transportdan boshqasiga o‘tishda moslashuvchan tariflar joriy etilmoqda. Toshkentda bunday tariflarni joriy etish bahordan buyon va’da qilib kelinadi.

Xalqaro terrorchilik tashkilotini tuzgan o‘zbekistonlik erkak Suriyada halok bo‘ldi
7 sentabr 2023, 12:52

Xalqaro terrorchilik tashkilotini tuzgan o‘zbekistonlik erkak Suriyada halok bo‘ldi

“Katibat ul imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotiga rahbarlik qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglarda halok bo‘ldi. U 2009−2010-yillarda Termiz shahrida “Jihodchilar jamoati”ni ham tashkil etgandi.

O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi
7 sentabr 2023, 11:57

O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi mavjud to‘rtta jamg‘arma birlashtirilib, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

Farg‘onada 13 yoshli yigit qo‘shnisining mashinasiga zarar yetkazgani uchun kaltaklandi
7 sentabr 2023, 11:53

Farg‘onada 13 yoshli yigit qo‘shnisining mashinasiga zarar yetkazgani uchun kaltaklandi

Furqat tumanida 13 yoshli yigit mashina shinalariga ziyon yetkazgani uchun qo‘shnisi tomonidan kaltaklanib, bosh, peshana, bo‘yin kabi sohalaridan jarohat oldi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

“O‘lim holatiga olib kelishini bilmaganmiz”. Sudlanuvchi — “Dok-1 Maks” siropi laboratoriyadan o‘tkazilmagani haqida
7 sentabr 2023, 11:49

“O‘lim holatiga olib kelishini bilmaganmiz”. Sudlanuvchi — “Dok-1 Maks” siropi laboratoriyadan o‘tkazilmagani haqida

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi sirop laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmaganini tan oldi. Uning aytishicha, 12 yillik faoliyati davomida Dori vositalari ekspertizasi davlat markazida biror marta ham dorilar tekshirilmagan, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar esa e’tiroz ham bildirmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting