Jamiyat

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
15 sentabr 2023, 20:56

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Sakkizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, Koreya madaniyati festivali, yarmarka va ko‘rgazmalar, “SAHNA” Stend Up club`dagi chiqishlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Sportchilar va aholi Toshkentda Aviasozlar saroyi qarshisidagi tennis kortlari buzilishiga qarshi chiqmoqda
15 sentabr 2023, 19:51

Sportchilar va aholi Toshkentda Aviasozlar saroyi qarshisidagi tennis kortlari buzilishiga qarshi chiqmoqda

Taniqli tennischi Iroda To‘laganova va Yashnobod tumani aholisi Aviasozlar saroyi qarshisidagi tennis kortlari buzilishiga qarshi chiqmoqda. Sport majmuasi may oyida Otabek Nurmuhamedovga 31 mlrd so‘mga sotilgan edi. NRG Uzbekistan ushbu hudud bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.

M-Clinic tibbiyot markazida chet el mutaxassislari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi
15 sentabr 2023, 17:00

M-Clinic tibbiyot markazida chet el mutaxassislari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi

Ko‘p funksiyali M-Clinic tibbiyot markazida Germaniya, Shveysariya va Rossiyadan kelgan mutaxassislar bilan bemorlar diagnostikasi va davolashdagi innovatsiyalar mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda elektrobus Nexia bilan to‘qnashdi
15 sentabr 2023, 13:51

Toshkentda elektrobus Nexia bilan to‘qnashdi

Toshkent shahrida chorrahadan svetoforning yashil chirog‘ida o‘tayotgan Yutong elektrobusi Nexia bilan to‘qnashdi. Voqeada jarohatlanganlar yo‘q.

Eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi — IIV rahbari
15 sentabr 2023, 12:38

Eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi — IIV rahbari

O‘zbekiston bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi, dedi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aholiga qilgan murojaatida. Shuningdek, u aholi uchun xavfsiz yashash va mehnat sharoitlarini yaratish borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator vazifalar belgilab olinganini ma’lum qildi.

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi
15 sentabr 2023, 12:35

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi

Dunyo bo‘ylab telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi
15 sentabr 2023, 11:25

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib, harorat +13…+18 daraja, kunduzi esa +25…+30 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda
15 sentabr 2023, 11:05

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Germaniyada o‘qishga oid ko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kuni va taqdimotlar rejalashtirilgan.

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi
15 sentabr 2023, 10:34

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi

Angren shahridagi 10-sonli bog‘chadan 24 nafar bola ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi, yana 7 nafariga tibbiy yordam berilib, uyiga jo‘natildi. Avvalroq 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Bog‘cha vaqtincha yopildi. Shifokorlar 240 nafar bolani ko‘rikdan o‘tkazdi.

O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi
15 sentabr 2023, 10:05

O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi

2023-yil 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi tufayli o‘zbekistonliklar 2-oktabr, dushanba kuni ham dam oladi. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Kollej va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi
15 sentabr 2023, 09:46

Kollej va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi

O‘zbekistondagi kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi.

Ermak yangi mahsulot segmenti — sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi
15 sentabr 2023, 09:00

Ermak yangi mahsulot segmenti — sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi

Ko‘pchilikka sevimli bo‘lgan Ermak brendi yangi mahsulot segmenti — mevalarning barcha foydali xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan tabiiy sharbatlarni taqdim etdi.

14-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
14 sentabr 2023, 22:00

14-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning muzokaralari, Jizzax va Qashqadaryoda aniqlangan salkam 15,5 kg narkotik modda, Toshkentda 39 kishiga sotilgan 9 ta xonadon mojarosi, uy-joy bozoridagi sotuvlar sharhi, qayta tiklanishi kutilayotgan Chevrolet Captiva sotuvi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi
14 sentabr 2023, 21:20

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida uchta bolalar bog‘chasining 18 nafar tarbiyalanuvchisi ich buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyatni nazoratga oldi.

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi
14 sentabr 2023, 17:41 1

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi

Toshkentda haydovchi Matiz mashinasida 12 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgandi. Qiz og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Sud erkakni 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etib, 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.

Toshkentda 9 ta xonadon 39 kishiga sotilgani aytilmoqda. Prokuratura ishni o‘rganyapti
14 sentabr 2023, 15:21

Toshkentda 9 ta xonadon 39 kishiga sotilgani aytilmoqda. Prokuratura ishni o‘rganyapti

Bir guruh fuqarolar Yashnobodda Zohmir Group kompaniyasi qurayotgan uyga to‘lov qilgani, ammo bir uy 4−5 kishiga sotib yuborilganini aytmoqda. Ayrimlari yashab turgan uyini sotib, ko‘chada qolgan. Ular bilan shartnoma qilgan shaxs pullar qaytarilayotganini bildirdi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Buxoroda muhofaza hududidagi 125 tup daraxt kesib tashlandi, tabiatga 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetdi
14 sentabr 2023, 12:36

Buxoroda muhofaza hududidagi 125 tup daraxt kesib tashlandi, tabiatga 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetdi

Peshku tumanidagi muhofazaga olingan hududda 125 tup daraxt (102 tupi qimmatbaho) noqonuniy kesildi. Tabiatga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzax va Qashqadaryoda salkam 15,5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi — DXX
14 sentabr 2023, 12:18

Jizzax va Qashqadaryoda salkam 15,5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi — DXX

Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqladi. Musodara qilingan moddalarning aksar qismi Tojikistondan keltirilgan.

13-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
13 sentabr 2023, 22:14

13-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Piyodalar uchun xafli yo‘llar, rossiyalik deputatning SSSR davlatlari haqidagi fikriga o‘zbek faollari munosabati, sotuvi ko‘paygan elektromobillar, O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi final bosqichida, ingliz tilini o‘rgatish uchun AQShdan kelgan o‘qituvchilar va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi O‘zbekistonda filialini ochadi
13 sentabr 2023, 18:28

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi O‘zbekistonda filialini ochadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti Masahiro Asoni qabul qildi. Ijtimoiy masalalar va xalqaro talabalar almashinuvi bilan shug‘ullanuvchi palata O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting