Jamiyat

O‘zbekiston va Isroil aviakompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi
7 sentabr 2023, 10:56

O‘zbekiston va Isroil aviakompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi

O‘zbekiston va Isroil havo qatnovini amalga oshirishda aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. Bu bo‘yicha 1996-yilda kuchga kirgan havo transporti to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekistonda “Aholi salomatligi-2030” strategiyasi ishlab chiqiladi
7 sentabr 2023, 10:50

O‘zbekistonda “Aholi salomatligi-2030” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar jalb qilingan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. SSV hamda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish dasturini tuzadi.

Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqaradi
7 sentabr 2023, 10:48

Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqaradi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi 16, 25, 117 va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi. Qisqargan yo‘nalishlarda yangi avtobuslar tashkil etilgan.

Yil boshidan beri 390 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
7 sentabr 2023, 10:31

Yil boshidan beri 390 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi

Sakkiz oy davomida O‘zbekistonda 390,18 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 6305 ta holat aniqlandi. Eng ko‘p holatlar Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.

O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026-yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda
7 sentabr 2023, 10:06

O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026-yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026-yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda. 2024-yildan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi, 2027-yildan esa mustaqil jamg‘armaga aylanadi.

Istanbuldagi otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
7 sentabr 2023, 09:50

Istanbuldagi otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tashkil etildi
7 sentabr 2023, 09:45

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilindi.

Buxoro viloyati ishsizlikni to‘liq bartaraf etmoqchi
7 sentabr 2023, 09:17

Buxoro viloyati ishsizlikni to‘liq bartaraf etmoqchi

2025-yil oxirigacha Buxoro viloyatini aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirish rejalashtirilmoqda. Viloyatda 1 milliondan ortiq mehnatga layoqatli aholi istiqomat qiladi. Rasmiy ravishda 76 ming kishi ishsiz hisoblanadi.

Ukrainalik bolalarga o‘zbekistonliklar nomidan birinchi sinf to‘plamlari topshirildi
6 sentabr 2023, 22:34

Ukrainalik bolalarga o‘zbekistonliklar nomidan birinchi sinf to‘plamlari topshirildi

O‘zbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlari Ukrainaga 2000 dona birinchi sinf to‘plamini jo‘natdi. Ular Xarkov, Xerson, Nikolayev va Zaporoje viloyatlaridagi yetimlar va ko‘chirilganlarning bolalariga topshiriladi.

Farg‘ona viloyatida bir necha kishi qalbaki aroqdan zaharlandi
6 sentabr 2023, 21:03

Farg‘ona viloyatida bir necha kishi qalbaki aroqdan zaharlandi

Farg‘ona viloyatida 7 kishi qalbaki aroqdan zaharlandi, ulardan biri vafot etdi. Soxta aroq ishlab chiqarishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi.

Bloger Nafosat Ollashukurovaga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
6 sentabr 2023, 20:42

Bloger Nafosat Ollashukurovaga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Sud bloger Shabnam (Nafosat) Ollashukurovaga tuhmat va haqorat to‘g‘risidagi moddalar asosida 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Uning Xorazm viloyatidan tashqariga chiqishi, aloqa vositalari va internetdan foydalanishi taqiqlandi.

Toshkentda mashinadan 27 yoshli erkak murdasi topildi
6 sentabr 2023, 18:17

Toshkentda mashinadan 27 yoshli erkak murdasi topildi

Chilonzor tumanida avtoturargohda turgan mashinadan boshi polietilen paketga o‘ralgan erkak murdasi topildi. Erkak 31-avgust kuni bedarak yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.

Avgust oyida O‘zbekistonning ayrim hududlarida rekord miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi
6 sentabr 2023, 16:03

Avgust oyida O‘zbekistonning ayrim hududlarida rekord miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi

Odatda, avgust O‘zbekistonda eng qurg‘oqchil oy bo‘lsada, bu yil uning so‘nggi kunlarida ayrim hududlarda bir sutkalik yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan bir necha marta ko‘p bo‘ldi. Umuman olganda, 2023-yilgi avgust oyi avvalgilariga qaraganda sovuqroq bo‘ldi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi
6 sentabr 2023, 15:05

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

1-oktabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya beriladi. Ular kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, maxsus tizim orqali ishga joylashtiriladi.

O‘zbekistondagi ko‘p kvartirali uylardagi liftlarni xatlovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda
6 sentabr 2023, 14:00

O‘zbekistondagi ko‘p kvartirali uylardagi liftlarni xatlovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 1-dekabrgacha barcha ko‘p kvartirali uylardagi mavjud liftlar xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish taklif etilmoqda. Shuningdek, liftlar internetga imtiyozli narxlarda ulanishi mumkin.

Toshkentda qurilish ishlarini olib borish uchun 19 tup daraxtni quritishga urinishdi
6 sentabr 2023, 12:46

Toshkentda qurilish ishlarini olib borish uchun 19 tup daraxtni quritishga urinishdi

Toshkentda qurilish ishlarini olib borish maqsadida 19 tup daraxtning ildiz qismi drel yordamida teshilib, quritish uchun ichiga suyuqlik quyildi. Tabiatga 534,8 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
6 sentabr 2023, 12:23

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Reyslar hafta davomida Toshkent−Zomin−Samarqand yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi
6 sentabr 2023, 11:53

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB podyezdda qizga hujum qilgan 29 yoshli erkakning shaxsi aniqlangani va hibsga olinganini ma’lum qildi.

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi
6 sentabr 2023, 11:39

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi

Olot tumanida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda Howo haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi
6 sentabr 2023, 10:56

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi

Dang‘ara tumanida 21-iyun kuni 25 yoshli shaxs o‘z tengdoshini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Voqeadan ikki yarim oy o‘tib Farg‘ona IIB gumonlanuvchi ushlanganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting