Farg‘ona viloyati Furqat tumanida 31-avgust kuni voyaga yetmagan yigit kaltaklandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Tumanning Ingichka qishlog‘ida yashovchi 13 yoshli X.Q. qo‘shnisi R.Y.ga tegishli Nexia-3 avtomashinasi shinalariga ziyon yetkazgan. Shundan so‘ng R.Y.ning bundan jahli chiqib, uni urib, jarohat yetkazgan.

Tibbiyot bo‘limi tashxisiga ko‘ra, bolada bosh, peshana, bo‘yin, o‘ng yelka bo‘g‘imi, teri osti gematomasi aniqlangan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.