Jamiyat

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
6 sentabr 2023, 12:23

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Reyslar hafta davomida Toshkent−Zomin−Samarqand yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi
6 sentabr 2023, 11:53

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB podyezdda qizga hujum qilgan 29 yoshli erkakning shaxsi aniqlangani va hibsga olinganini ma’lum qildi.

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi
6 sentabr 2023, 11:39

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi

Olot tumanida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda Howo haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi
6 sentabr 2023, 10:56

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi

Dang‘ara tumanida 21-iyun kuni 25 yoshli shaxs o‘z tengdoshini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Voqeadan ikki yarim oy o‘tib Farg‘ona IIB gumonlanuvchi ushlanganini ma’lum qildi.

Surxondaryoda 44,8 gektar yerdan 187,4 tonna paxta hosili olgan fermerga Cobalt topshirildi
6 sentabr 2023, 10:56

Surxondaryoda 44,8 gektar yerdan 187,4 tonna paxta hosili olgan fermerga Cobalt topshirildi

Oltinsoy tumanida “Botosh lochini” fermer xo‘jaligi 44,8 gektar paxta maydonidan 187,4 tonna hosil oldi. Shartnomaviy rejani 100 foiz bajargan fermerga Cobalt topshirildi.

Termizda kanalizatsiyadagi avariya sababli suv 3 kun davomida grafik asosida beriladi
6 sentabr 2023, 09:53

Termizda kanalizatsiyadagi avariya sababli suv 3 kun davomida grafik asosida beriladi

Termiz shahridagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan yirik avariya tufayli ichimlik suvi ta’minoti uch kunga soat 8:00 dan 20:00 gacha to‘xtatildi. Qolgan vaqtlarda suv berilishi kerak.

“Asakabank” raqamli transformatsiya holati reytingida banklar o‘rtasida yetakchi o‘rinni egalladi
5 sentabr 2023, 19:00

“Asakabank” raqamli transformatsiya holati reytingida banklar o‘rtasida yetakchi o‘rinni egalladi

Maxsus Nis.uz tizimida 2023-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, “Asakabank” baholash indekslari bo‘yicha o‘rtacha 91,84% natija bilan tijorat banklari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

YUNISEF hukumatni inklyuziv va sifatli ta’limni ta’minlashga chaqirdi
5 sentabr 2023, 18:24

YUNISEF hukumatni inklyuziv va sifatli ta’limni ta’minlashga chaqirdi

O‘quv yili boshida YUNISEF O‘zbekiston hukumati va ta’limga bog‘liq tomonlarni xalqaro majburiyatlarni bajarishga, barcha bolalar, jumladan, nogironli bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarda sifatli ta’limdan foydalanish uchun teng imkoniyat, huquq va erkinliklar bo‘lishini kafolatlashga chaqirdi.

Toshkentda pod’ezdda qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda
5 sentabr 2023, 18:15

Toshkentda pod’ezdda qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak qizning ortidan kelib, pod’ezdda unga teginish maqsadida hujum qildi, deya xabar berdi Nemolchi.uz loyihasi. Toshkent IIBB bu ma’lumotni tasdiqladi va noma’lum shaxs hali qo‘lga olinmaganini bildirdi.

“Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
5 sentabr 2023, 17:06

“Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, bu borada shaxsiy namuna bo‘lgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Nishon bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Yil boshidan buyon noqonuniy chiqindi tashlash bo‘yicha 11 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi
5 sentabr 2023, 16:33

Yil boshidan buyon noqonuniy chiqindi tashlash bo‘yicha 11 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan buyon chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlash bilan bog‘liq 11 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi. Shuning 600 dan ortig‘i onlayn kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.

Qoraqalpog‘istonda erkak 13 yoshli qo‘shni qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanib ushlandi
5 sentabr 2023, 15:01 1

Qoraqalpog‘istonda erkak 13 yoshli qo‘shni qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanib ushlandi

Ellikqal’a tumanida 13 yoshli qizni qo‘shni erkak zo‘rlagani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston yaylovlari tanazzul bo‘sag‘asida. Chorvani me’yoridan ortiq o‘tlatish nimasi bilan xavfli va qanday qilib yaylovlarni to‘g‘ri boshqarish mumkin?
5 sentabr 2023, 15:00

O‘zbekiston yaylovlari tanazzul bo‘sag‘asida. Chorvani me’yoridan ortiq o‘tlatish nimasi bilan xavfli va qanday qilib yaylovlarni to‘g‘ri boshqarish mumkin?

O‘zbekistonliklar yetishtirishi mumkin bo‘lganidan ko‘proq go‘sht iste’mol qiladi. Chorva mollari yaylov resurslariga nisbatan ko‘p. Ularni ortiqcha o‘tlatish ekotizimlar tanazzuli va bioxilma-xillik qisqarishiga olib keladi. Zoolog Sergey Zagrebin yaylovlarni qanday qilib to‘g‘ri boshqarish mumkinligini tushuntirdi.

Buxoroda 4 tup daraxt qo‘porgan korxona rahbariga 400 tup daraxt ekish majburiyati yuklandi
5 sentabr 2023, 14:32

Buxoroda 4 tup daraxt qo‘porgan korxona rahbariga 400 tup daraxt ekish majburiyati yuklandi

G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilishi sababli 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 50 mln so‘mlik zarar etgan. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.

Ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joyida yuzni to‘sib yurganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin
5 sentabr 2023, 14:23 1

Ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joyida yuzni to‘sib yurganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘p xotinlikni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik, shuningdek, jamoat joylarida shaxsini tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi.

Ko‘p xotinlik va qonuniy nikohsiz tug‘ilish holatlari ortmoqda — Qonunchilik palatasi
5 sentabr 2023, 14:21

Ko‘p xotinlik va qonuniy nikohsiz tug‘ilish holatlari ortmoqda — Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasi majlisida diniy rasm-rusumlarga ko‘ra tuzilgan nikohlar soni va buning ortidan ko‘p xotinlik ortayotgani bildirildi. Shuningdek, qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan. 2020-yilda 16 564 ta shunday holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda raqamlar 18 955 taga yetgan.

Kattaqo‘rg‘ondagi universitetda plita talabalar ustiga qulagani yuzasidan jinoyat ishi ochildi
5 sentabr 2023, 12:08

Kattaqo‘rg‘ondagi universitetda plita talabalar ustiga qulagani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida temir beton plitasi qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangani bo‘yicha Jinoyat kodeksining 258-moddasi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

OTMlarda kontrakt miqdori oshirilmaydigan bo‘ldi
5 sentabr 2023, 11:50

OTMlarda kontrakt miqdori oshirilmaydigan bo‘ldi

O‘zbekistondagi davlat OTMlarida 2023/2024 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi. Tabaqalashtirilgan kontrakt miqdori ham o‘tgan yil uchun belgilangan miqdorda o‘zgarishsiz qoladi.

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan
5 sentabr 2023, 11:50

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan

O‘zbekiston hududida 2023-yilning 7 oyida 4772 ta YTH qayd etilgan. Ularda 1115 kishi vafot etgan, 4564 nafari tan jarohatlari olgan.

O‘zbekiston yosh arxitektorlari uyushmasi tuzildi
5 sentabr 2023, 10:53

O‘zbekiston yosh arxitektorlari uyushmasi tuzildi

“Yuksalish” harakati qoshidagi “Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi asosida O‘zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi tashkil etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting