Samarqandda jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshmoqda

8-sentabrdan Samarqandda jamoat transportida yo‘l haqi naqd va bank kartasi orqali to‘lashda 2000 so‘m, transport kartasi bilan esa 1600 so‘mgacha oshadi. Bir transportdan boshqasiga o‘tishda moslashuvchan tariflar joriy etilmoqda. Toshkentda bunday tariflarni joriy etish bahordan buyon va’da qilib kelinadi.

O‘zbekistonda “Aholi salomatligi-2030” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar jalb qilingan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. SSV hamda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish dasturini tuzadi.

Toshkent aeroportida narkotiklarning rekord darajadagi partiyasi to‘xtatib qolindi — 8,5 tonna (foto)

Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna ko‘knori olib o‘tilayotgani aniqlandi. Ular hujjatda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida bo‘lgan. Bitta holatda shuncha giyohvandlik vositasining aniqlanishi bojxona tizimining 30 yillik tarixida ilk bor qayd etildi, deyiladi xabarda.

“O‘lim holatiga olib kelishini bilmaganmiz”. Sudlanuvchi — “Dok-1 Maks” siropi laboratoriyadan o‘tkazilmagani haqida

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi sirop laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmaganini tan oldi. Uning aytishicha, 12 yillik faoliyati davomida Dori vositalari ekspertizasi davlat markazida biror marta ham dorilar tekshirilmagan, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar esa e’tiroz ham bildirmagan.

Interpol qidiruvidagi ikki nafar erkak BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Katta miqdordagi firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan ikki nafar erkak Abu-Dabidan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.

Istanbuldagi otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.

2022-yilda budjetdan g‘alla uchun jami 4 trln so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi

O‘zbekistonda 2022-yilda budjetdan g‘alla uchun 4 tlrn so‘m imtiyozli kredit ajratildi, bu 2017-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘p. Meva-sabzavotlar uchun 1,1 trln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit berildi. Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun so‘nggi yillarda 41 turdagi subsidiya joriy etilgan.

Akademik Vladimir Kvint O‘zbekistonga Suv resurslari strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Kuchkarov akademik Vladimir Kvint bilan Kuzbass strategiyasi misolida O‘zbekistonning 2030-yilgacha cuv resurslari bo‘yicha yangi strategiyasini ishlab chiqishni muhokama qildi. “Vaziyat falokatli emas, hali ikki-uch yil bor, biroq juda kritik nuqtada”, — dedi Kvint.

Farg‘onada gaz “zapravka” 5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Oltiariq tumanidagi gaz “zapravka” 27 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashida Afg‘onistonni 8:1 hisobida mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichida Afg‘onistonni 8:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Husayn Norchayev xet-trik qayd etdi (foto va video)

Xalqaro terrorchilik tashkilotini tuzgan o‘zbekistonlik erkak Suriyada halok bo‘ldi

“Katibat ul imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotiga rahbarlik qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglarda halok bo‘ldi. U 2009−2010-yillarda Termiz shahrida “Jihodchilar jamoati"ni ham tashkil etgandi.

O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi mavjud to‘rtta jamg‘arma birlashtirilib, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026-yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026-yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda. 2024-yildan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi, 2027-yildan esa mustaqil jamg‘armaga aylanadi.

Farg‘onada 13 yoshli yigit qo‘shnisining mashinasiga zarar yetkazgani uchun kaltaklandi

Furqat tumanida 13 yoshli yigit mashina shinalariga ziyon yetkazgani uchun qo‘shnisi tomonidan kaltaklanib, bosh, peshana, bo‘yin kabi sohalaridan jarohat oldi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdorimiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, O‘zbekiston eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik tarafdori ekanini ta’kidladi.

“Gazeta.uz"da e’lon qilingan reportaj:

Iqlim o‘zgarishi, innovatsiyalar, sog‘lom ovqatlanish. Oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasida nimalar muhokama qilindi?

Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bunga pandemiya oqibatlari, global muammolar va qishloq oziq-ovqat sektoridagi eski yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish turtki bo‘ldi. Konferensiya haqida asosiy ma’lumotlar — “Gazeta.uz” reportajida.