7-sentabr kuni kechki payt Toshkent shahrining Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus beton ustunga urilib, 5 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi.

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga xabar berishicha, elektrobus 34−35 km/soat tezlikda ketayotgan bo‘lgan. Ikki yo‘nalishli harakat oqimiga 3 ta transport kirib kelgani oqibatda mashinalar elektrobusga xalaqit bergan va haydovchi boshqaruvni o‘ng tomonga burib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus ichida bo‘lgan 15−20 nafar yo‘lovchining 5 nafari hamda haydovchi jarohat olgan.

5 yo‘lovchi Yashnobod tumanidagi 39-sonli shifoxonaga yuborilgan. Hozirda hududiy IIO tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Avtobusga jiddiy shikast yetgan.