Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘ladi, deya xabar qildi O‘zgidromet xizmati agentligi.

Juma kunining birinchi yarmida respublikaning markaziy hududlarida bulutli bo‘ladi, ba’zida havo bulutlardan ochilishi saqlanib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning qolgan hududlarida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +27…+32 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +35…+37 darajagacha bo‘ladi.

Havo harorati shanba kuni +30…+35 daraja, yakshanba kuni +32…+37 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +39 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari shimoli-g‘arbiy hududlarda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +22…+27 darajagacha pasayadi.

Poytaxtda 8-sentabrda bulutli bo‘ladi, ba’zida havo bulutlardan ochiladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +30…+32 daraja bo‘ladi.

Dam olish kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni +30…+32 daraja, yakshanba kuni +35…+37 daraja bo‘ladi.