Jamiyat

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
28 avgust 2023, 11:35

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi
28 avgust 2023, 09:51

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi

Dushanba kuni Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlari va Toshkent shahrida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi. O‘zbekistonda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari qayd etilmoqda.

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi
28 avgust 2023, 09:40

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi

2024-yildan O‘zbekistonda notariuslar kvartiralar bilan tuzilgan bitimlarni mulkdorning uy-joyni saqlash uchun majburiy badal yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlaydi.

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi
28 avgust 2023, 05:54

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi

Shahar podstansiyasida avariya ro‘y bergani ortidan Toshkent aeroportida qisqa vaqtga elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi. Bu parvozlarni ta’minlovchi obyektlar ta’minotiga ta’sir qilmadi. Parvozlarda kechikish kuzatilmadi. 15 daqiqa ichida quvvat tiklandi.

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat
27 avgust 2023, 15:25

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning barcha tumanlarida 11-sentabr-13-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Eksportbop toshbaqalar saltanati. Yevropaga sotiladigan toshbaqalar Zangiotada qanday qilib ko‘paytirilmoqda?
27 avgust 2023, 15:00

Eksportbop toshbaqalar saltanati. Yevropaga sotiladigan toshbaqalar Zangiotada qanday qilib ko‘paytirilmoqda?

O‘zbekiston har yili o‘n minglab toshbaqa eksport qiladi. Ko‘pchilik bu toshbaqalar tabiat bag‘ridan yulib olinadi, deb o‘ylaydi. Afsuski, shunday kontrabandachilar ham yo‘q emas. Ammo toshbaqalarni pitomnikda ko‘paytiradiganlar ham bor. “Gazeta.uz” toshbaqalar tutqunlikda qanday ko‘paytirilishi haqida hikoya qiladi.

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi
27 avgust 2023, 14:38

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi

Angrenda Shacman yuk mashinasi Cobalt avtomobili hamda Volkswagen, Man yuk mashinalari bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
27 avgust 2023, 13:39

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 16-sentabrga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 1,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
27 avgust 2023, 04:46

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida zilzila qayd etildi. Viloyatda yer silkinishi 2−3 ballni tashkil etdi.

O‘zbekistonga 7 oyda 3,7 mln sayyoh keldi
26 avgust 2023, 15:41

O‘zbekistonga 7 oyda 3,7 mln sayyoh keldi

2023-yilning dastlabki 7 oyida O‘zbekistonga 3,7 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. O‘tgan yilning ushbu davrida ko‘rsatkich 2,4 millionni tashkil etgandi.

Nima o‘qiymiz? “Zakovat” klubi magistri Saidkamol Abdurazzoqov tavsiya qiladi
26 avgust 2023, 14:20

Nima o‘qiymiz? “Zakovat” klubi magistri Saidkamol Abdurazzoqov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

Nima tayyorlaymiz: Sendvichlar
26 avgust 2023, 11:00

Nima tayyorlaymiz: Sendvichlar

Tvister sendvichi, sendvich-toblatma, kruassanli yoki bulg‘or qalampiri ichidagi sendvich va boshqalar — Zira.uz mazali va foydali, qolaversa, tez tayyor bo‘ladigan sendvichlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Surxondaryoda avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun 67 tup daraxt kesib tashlandi
26 avgust 2023, 10:53

Surxondaryoda avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun 67 tup daraxt kesib tashlandi

Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish maqsadida 67 tup daraxt noqonuniy kesildi. Avvalroq tuman hokimligi mas’uli ularni kesishga ruxsat so‘ragan, ammo ekologiya bo‘limi bunga ruxsat bermagan. Bu harakat orqali o‘simlik dunyosiga salkam 300 mln so‘m zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston va YUNESKO SI sohasida etikani targ‘ib qilganlik uchun Beruniy mukofotini ta’sis etdi
26 avgust 2023, 10:22

O‘zbekiston va YUNESKO SI sohasida etikani targ‘ib qilganlik uchun Beruniy mukofotini ta’sis etdi

O‘zbekiston va YUNESKO tomonidan sun’iy intellekt sohasida etikani targ‘ib qilish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.

25-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
25 avgust 2023, 22:00

25-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Prezident administratsiyasining yangi tarkibi, Turkmanistondan O‘zbekistonga 2mlrd kub metr gaz, prezident yordamchisi etib tayinlangan Saida Mirziyoyeva, keshbek haqidagi fikri ortidan ishdan olingan imom-xatib, Ukrainani bayram tabriklagan O‘zbekiston elchixonasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda kuz oylarida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
25 avgust 2023, 18:21

O‘zbekistonda kuz oylarida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?

Sentabrda o‘rtacha oylik havo harorati +18… +25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. oktabrda +12 darajagacha, noyabrda esa +8 darajagacha tushadi, biroq kechalari sovuq bo‘ladi. sentabrda yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kamroq, qolgan oylarda esa me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda, ammo janubda kam bo‘lishi mumkin.

Toshkentda Gosling, Steytem, Lamar va Navalniy nomidagi maktablar “paydo bo‘ldi”
25 avgust 2023, 17:37

Toshkentda Gosling, Steytem, Lamar va Navalniy nomidagi maktablar “paydo bo‘ldi”

Google xaritada Toshkentdagi qator maktablarning nomi mashhur shaxslar va internet-memlar: Gosling, Pitt, Steytem, Lamar, Jostar, Navalniy, ulug‘bekozavr va boshqalar sharafiga qayta nomlandi. Ta’lim boshqarmasi bunga raddiya berishiga to‘g‘ri keldi.

Ayrim yonilg‘i shoxobchalari yopilgani ortidan avtobuslar boshqa shoxobchalarda navbatlar hosil qildi
25 avgust 2023, 16:37

Ayrim yonilg‘i shoxobchalari yopilgani ortidan avtobuslar boshqa shoxobchalarda navbatlar hosil qildi

Toshkent shahrida ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilgani sababli avtobuslar boshqa shoxobchalarga borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ular joylarda katta navbatlarni yuzaga keltirgan. Bu masalani hal etish uchun “Toshshahartransxizmat” “Hududgazta’minot” bilan poytaxt hokimligida tezkor ishchi guruh tuzdi.

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
25 avgust 2023, 15:30

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Poytaxtda Mustaqillik bayrami munosabati bilan xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

“Samarqandda odamlar xonadoniga islohot qachon kelishini kutib o‘tiribdi” — prezident
25 avgust 2023, 15:18

“Samarqandda odamlar xonadoniga islohot qachon kelishini kutib o‘tiribdi” — prezident

Prezident Samarqanddagi o‘zgarishlar haqida gapirib, lekin bu uni hali qanoatlantirmayotganini aytdi: “Odamlar islohotlar ularning uyiga qachon kelishini kutib o‘tiribdi”. Davlat rahbari xorijdagilar tezroq qaytishini istashini, shuning uchun sharoit va ish o‘rinlari yaratish zarurligini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting