Jamiyat

Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetdi
13 sentabr 2023, 14:58

Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetdi

Bosh prokuratura Samarqand va Toshkent viloyatlarida mahalliy fuqarolar 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetkazganini aniqladi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi
13 sentabr 2023, 14:32

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtning qurib qolishiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq ekologiya boshqarmasi maydondagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazib, ularga zarar yetkazmaslik haqida ogohlantirgandi. Tabiatga 248 mln so‘m zarar yetgan.

Ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShdan 25 nafar o‘qituvchi keldi
13 sentabr 2023, 11:55

Ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShdan 25 nafar o‘qituvchi keldi

AQShdan O‘zbekistonga 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi keldi. Ular mamlakatning 11 ta hududidagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi hamda 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.

8 oyda 28,2 ming O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi
13 sentabr 2023, 11:35

8 oyda 28,2 ming O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi

Yanvar-avgust oylarida 28 ming 207 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarga manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi. Bu davrda mehnat migrantlarining to‘lanmay kelinayotgan 676,3 ming dollarlik ish haqi va pulli kompensatsiyalari undirib berildi.

Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratiladi
13 sentabr 2023, 10:35

Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratiladi

Prezident yo‘l qurilishi sohasidagi me’yorlar eskirgani, yo‘llar sifatsizligini tanqid qilib, sohani raqamlashtirish va xususiy sektorni jalb qilish vazifasini qo‘ydi. Endi ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratiladi.

Namanganda kuyov diniy mazmundagi videolarni tarqatgani uchun jarimaga tortildi
13 sentabr 2023, 08:32

Namanganda kuyov diniy mazmundagi videolarni tarqatgani uchun jarimaga tortildi

Namangandagi to‘yda kuyov o‘zi arabcha libos, jumladan kelin burqa kiygani uchun emas, balki diniy mazmundagi videolarni Telegram`da tarqatgani uchun jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi Adliya vazirligi. Avvalroq IIVning mazkur xabaridagi tushunarsiz talqin sabab tarmoqlarda muhokamalar yuzaga kelgandi.

12-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
12 sentabr 2023, 22:00

12-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqargan oltin-valyuta zaxiralari, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasidagi eng muhim bandlar, Toshkentda kuniga axlatga tashlanadigan 3 tonnaga yaqin non, avtobusning “garmoshka"sini yirtib yuborgan quduq qopqog‘i va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi
12 sentabr 2023, 20:12

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga tashlanmoqda. “Maxsustrans” isrof qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yil sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi
12 sentabr 2023, 17:48

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi

Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish muddati 2024-yil boshiga ko‘chirildi. Ilgari buni shu yilning iyul oyida boshlash rejalashtirilgandi.

Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish maqsadi “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga kiritilmadi
12 sentabr 2023, 17:03

Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish maqsadi “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga kiritilmadi

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturini amalga oshirish maqsad qilingandi. Bu vazifa “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasiga ham kiritilgandi, ammo hujjatning qabul qilingan variantidan joy olmadi.

Toshkentda quduq qopqog‘i avtobusning “garmoshka”sini yirtib yubordi
12 sentabr 2023, 15:57

Toshkentda quduq qopqog‘i avtobusning “garmoshka”sini yirtib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusning “garmoshka”si yirtilgani aks etgan surat paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, yo‘ldagi quduq atrofi cho‘kishi sababli chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgan.

O‘zbekistondagi barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi
12 sentabr 2023, 15:31

O‘zbekistondagi barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2024-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

O‘zbekistonda “iqlimiy yoz” davom etmoqda — O‘zgidromet
12 sentabr 2023, 14:25

O‘zbekistonda “iqlimiy yoz” davom etmoqda — O‘zgidromet

Iqlimshunoslarning fikricha, haqiqiy kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat +20 darajadan pastga tushganda, yomg‘ir tez-tez yoqqanda boshlanadi. sentabr o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda hali “iqlimiy yoz” davom etmoqda.

Endi o‘qishga kirolmagan abituriyentlar 5 ta yo‘nalishning birida super kontraktda o‘qishi mumkin
12 sentabr 2023, 11:57

Endi o‘qishga kirolmagan abituriyentlar 5 ta yo‘nalishning birida super kontraktda o‘qishi mumkin

O‘qishga kira olmagan abituriyentlarga tanlagan 5 yo‘nalishidan birida super kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Shuningdek, agar abituriyent 1-yo‘nalishga kirolmagan, biroq qolganlaridan birida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa, 1-yo‘nalishda super kontrakt asosida o‘qishi mumkin.

Maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi
12 sentabr 2023, 11:34

Maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga ko‘ra, endi maktablarda kompyuter savodxonligi darslari 1-sinfdan joriy etiladi. Shuningdek, 5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi.

Ikki va undan ortiq polosali yo‘llardagi “peshexod”larda svetofor o‘rnatish majburiy bo‘ladi
12 sentabr 2023, 10:58

Ikki va undan ortiq polosali yo‘llardagi “peshexod”larda svetofor o‘rnatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklariga svetoforlar o‘rnatish majburiy bo‘ladi.

11-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
11 sentabr 2023, 22:00

11-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkentda yana chang bo‘roni, elektr energiyasi narxi oshishi haqida, jurnalist Mavjuda Mirzayevaga so‘ralgan 6 yil qamoq jazosi, Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish muammolari, prezident tashrifi oldidan AQShda bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkent havosidagi chang zarralari normadan 43 marta ko‘p bo‘ldi — O‘zgidromet
11 sentabr 2023, 20:33

Toshkent havosidagi chang zarralari normadan 43 marta ko‘p bo‘ldi — O‘zgidromet

Dushanba kuni chang bo‘ronlari poytaxtdan tashqari Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Surxondaryoda ham kuzatildi. O‘zgidromet Toshkentda PM10 zarralari ruxsat etilgan normadan 2,4 marta, PM2,5 zarralari esa 43 marta ko‘p bo‘lganini ma’lum qildi. Poytaxtda chang dushanba kuni kechasi ham saqlanib qoladi.

Chang bo‘roni vaqtida nima qilish kerak? O‘zbekiston SES tavsiyasi
11 sentabr 2023, 20:20

Chang bo‘roni vaqtida nima qilish kerak? O‘zbekiston SES tavsiyasi

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi chang bo‘roni vaqtida nimalar qilish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi. Ko‘chada kamroq bo‘lish, niqob taqish, tomoq va burunlarni chayish hamda chang zarralari binolarga kirishi mumkinligini yodda tutish tavsiya etilmoqda.

Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi aksariyat poyezdlar bir oy davomida Janubiy vokzaldan qatnaydi
11 sentabr 2023, 16:55

Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi aksariyat poyezdlar bir oy davomida Janubiy vokzaldan qatnaydi

Texnik ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent markaziy (Shimoliy) temiryo‘l vokzalidan harakatlanadigan ayrim poyezdlar qatnovi 15-sentabrdan 15-oktabrgacha “Toshkent-Janubiy” vokzalidan amalga oshiriladi. Bu vaqtda ikki vokzal o‘rtasida bepul avtobuslar qatnaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting