Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) Namangan filiali direktori Xamidullo Ustabayev 8-sentabr kuni vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ustabayev 1973-yilda viloyatning Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2019−2020-yillarda RSHTYOIM Namangan filiali bosh shifokori o‘rinbosari, 2020−2023-yillarda filial bosh shifokori bo‘lib ishlagan.
2023-yildan esa filial direktori vazifasida ishlab kelayotgandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, uning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.