Samarqand shahridagi jamoat transporti — avtobuslar, elektrobuslar va tramvaylarda yo‘l haqi 8-sentabrdan boshlab naqd va bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mga oshiriladi. Bu Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning 6-sentabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Transport kartasi bilan to‘lashda yo‘l haqi 1600 so‘mni tashkil qiladi.

Qaror, shuningdek, bir soat ichida bir yo‘nalishdagi transportdan boshqasiga o‘tishlar soniga qarab chegirmalardan foydalanishni nazarda tutuvchi moslashuvchan tariflarni ham joriy etadi.

Masalan, birinchi avtobusda transport kartasidagi yo‘l haqi 1600 so‘m bo‘lsa, ikkinchisiga o‘tganda 400 so‘m, uchinchi va undan keyingisi bepul bo‘ladi. Uchinchi o‘tish tramvayga bo‘lsa, yo‘l haqi 1000 so‘mni tashkil etadi.

tariflar, самарқанд, jamoat transporti

Agar yo‘lovchi dastlab tramvayda (transport kartasi bo‘yicha 1600 so‘m) ketsa, u holda avtobusga birinchi o‘tish 1000 so‘m, ikkinchisiga — 400 so‘m, uchinchi va undan keyingisiga — bepul amalga oshiriladi.

Cheksiz kunlik tariflar (avtobus + elektrobus) 6000 so‘m, 5 kunlik — 23 ming so‘m, 7 kunlik — 30 ming, 10 kunlik — 47 ming va hokazo. Cheksiz tarif (avtobus + elektrobus + tramvay) kuniga 7000 so‘mni tashkil qiladi. Pensionerlar, nogironlar va talabalar uchun 50% chegirma taqdim etiladi.

Toshkentda 1-apreldan yangi tariflar (o‘tishlarda chegirmalar bilan) joriy etilishi rejalashtirilgandi, biroq qaror kuchga kirishi avgust oyiga qoldirilgan. Ammo hozircha bu bo‘yicha o‘zgarish amalga oshirilmadi. Buning sabablari ma’lum qilinmagan.