Jamiyat

“Yuksalish” harakati qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqdi
8 iyun 2023, 17:44

“Yuksalish” harakati qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqdi

“Yuksalish” umummilliy harakati ichki ishlar idoralarida qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqqanini e’lon qildi. Unda qiynoq holatlari yuzasidan IIV rahbariyati jamoatchilikka batafsil axborot berishi, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish isloh qilinishi kabi takliflar joy olgan.

O‘zbekistonda OIVga chalinish soni 2020-yildan buyon oshib bormoqda
8 iyun 2023, 17:36

O‘zbekistonda OIVga chalinish soni 2020-yildan buyon oshib bormoqda

O‘zbekistonda OIV kasalligi bilan bugungi kunda 48 mingdan ortiq shaxs yashab kelmoqda. So‘nggi 10 yillikda ko‘rsatkichlarda pasayish bo‘lsa-da, 2020-yildan buyon kasallikka chalinish soni ketma-ket oshib bormoqda.

Yashnobod, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida suv noma’lum muddatga o‘chirildi
8 iyun 2023, 15:49

Yashnobod, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida suv noma’lum muddatga o‘chirildi

Toshkentdagi uchta tumanning bir qator aholi massivlari nasos stansiyalari elektr ta’minotidan uzilishi sabab suvsiz qoldi.

O‘zbekistonda bir kunda 5 ta o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi
8 iyun 2023, 15:47

O‘zbekistonda bir kunda 5 ta o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi

O‘zbekistonda 2-iyun kunining o‘zida 5 ta o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi. To‘rt viloyatda ikki erkak va ikki ayol osilgan holda topilgan, yana bir erkak esa derazadan sakragan.

Toshkentda 171-maktab hovlisidagi o‘nlab daraxtlar kesib tashlandi
8 iyun 2023, 15:18

Toshkentda 171-maktab hovlisidagi o‘nlab daraxtlar kesib tashlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 171-maktab hovlisidagi o‘nlab daraxtlar kesib tashlandi. Ekologiya vazirligi, shahar va tumanlar hokimliklari vaziyatni o‘rganmoqda. Xabar qilinishicha, daraxtlar maktab yonida joylashgan garaj xo‘jaligi vakili tomonidan kesib tashlangan.

Toshkentdagi bog‘chada bolalar tanasiga igna sanchgan amaliyotchi o‘quvchi jarimaga tortildi
8 iyun 2023, 14:36

Toshkentdagi bog‘chada bolalar tanasiga igna sanchgan amaliyotchi o‘quvchi jarimaga tortildi

Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelib, uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgan kollej o‘quvchisi va bog‘cha tarbiyachisi 1,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Toshkentdagi Yunusobod bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
8 iyun 2023, 14:14

Toshkentdagi Yunusobod bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori yaqinida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yoz chillasida jaziramadan qanday saqlanish mumkin?
8 iyun 2023, 11:58

Yoz chillasida jaziramadan qanday saqlanish mumkin?

O‘zbekistonda yoz chillasining ilk kunlarida issiq qisqa muddatga biroz kuchsizlanadi. O‘zgidromet va SSV 25-iyundan boshlanadigan 40 kunlik saraton davrida issiqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi
8 iyun 2023, 11:05

Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Toshkentning Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi.

Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi
8 iyun 2023, 09:44

Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida konditsionerni yoqmasdan harakatlanib, yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan 59-sonli avtobus haydovchilaridan biri jazolandi.

Qashqadaryoda VIII — IX asrlarga oid tosh minora topildi
8 iyun 2023, 09:32

Qashqadaryoda VIII — IX asrlarga oid tosh minora topildi

Yakkabog‘ tumanida VIII — IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan obyekt topildi. Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu minora zardushtiylarning daxmasi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qilmoqda
8 iyun 2023, 00:31

Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qilmoqda

Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qildi. Taqiqlovchi belgilarni faqat hokimlar qarori bilan o‘rnatish taklif etilmoqda. Ular reyestrda bo‘lmasa, hech qanday huquqiy oqibatlar bo‘lmaydi. Yo‘llarni qurish va ta’mirlashda esa nogironlar huquqlari hisobga olinadi.

Samarqandda qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi
7 iyun 2023, 22:09

Samarqandda qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi

Yoshlar ishlari agentligi Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan to‘rt yigitga noutbuklar sovg‘a qildi va til kurslari xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati IIB Xidirnazar Allaqulov 2 xodimga tan jarohati yetkazgani haqida bayonot berdi
7 iyun 2023, 19:21 1

Farg‘ona viloyati IIB Xidirnazar Allaqulov 2 xodimga tan jarohati yetkazgani haqida bayonot berdi

Farg‘ona viloyatida imzo to‘playotgan “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov qo‘lga olindi. IIB uning tarafdorlari bilan talablarga bo‘ysunmay, mojaro uyushtirgani, ikki xodimga tan jarohati yetkazganini iddao qildi. Allaqulov tarafdorlari provokatsiya bo‘lganini aytishmoqda.

Marg‘ilon va Andijonda noqonuniy ravishda fuqarolarni Hajga yuborishini aytib, pul olgan shaxslar ushlandi
7 iyun 2023, 18:00

Marg‘ilon va Andijonda noqonuniy ravishda fuqarolarni Hajga yuborishini aytib, pul olgan shaxslar ushlandi

DXX tomonidan Farg‘ona va Andijon viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, Haj ziyoratiga yuborish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.

ADM Jizzakh hududida vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi
7 iyun 2023, 17:00

ADM Jizzakh hududida vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi

Jizzax shahrida ADM Jizzakh avtomobil zavodi hududida Koreyaning Dasan DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Shaffoflik — qiynoqlarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan vositalaridan biri” — Ombudsman
7 iyun 2023, 16:31

“Shaffoflik — qiynoqlarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan vositalaridan biri” — Ombudsman

Ombudsman Bo‘kada sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirib, aybdorlar hibsga olinganini ijobiy baholashini qayd etdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, qiynoqlarni oldini olish uchun shaffoflik ta’minlanishi kerak.

Toshkentning qator ko‘chalarida avtobuslar uchun yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda
7 iyun 2023, 16:01

Toshkentning qator ko‘chalarida avtobuslar uchun yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri hokimligi Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezyurar avtobuslar yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Loyihada xorij tajribasi asosida ko‘chalarni optimallashtirish nazarda tutilgan.

Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi
7 iyun 2023, 15:50

Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi

Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.

Avtomobilni jaziramadan saqlash uchun nimalar qilish kerak?
7 iyun 2023, 15:30

Avtomobilni jaziramadan saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Jazirama kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu mashina jihozlari xiralashishi, yorilishi va buzilishiga olib keladi. Mutaxassislar jaziramadan ularni qanday saqlash borasidagi ko‘rsatma va tavsiyalar bilan bo‘lishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting