Jamiyat

O‘zDJTUning 4 kursdan yiqilgan 6 nafar talabasi o‘qishga qayta tiklandi — Ombudsman
26 aprel 2021, 17:15

O‘zDJTUning 4 kursdan yiqilgan 6 nafar talabasi o‘qishga qayta tiklandi — Ombudsman

Davlat jahon tillari universitetining 6 nafar talabasi masofaviy ta’lim vaqtida elektr uzilishi sabab nazorat ishlarini modulga kirita olmay, 4 kursdan yiqilgan. Ota-onalarning vazirlik va tashkilotlarga qilgan murojaati esa besamar ketgan. Oradan qariyb bir yil o‘tib, Ombudsman aralashuvi bilan talabalar o‘qishga qayta tiklandi.

Yong‘in o‘chirish mashinalarida dezinfeksiya ishlarini olib borganlarga chora ko‘riladi — FVV
26 aprel 2021, 15:38

Yong‘in o‘chirish mashinalarida dezinfeksiya ishlarini olib borganlarga chora ko‘riladi — FVV

Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.

Uch oyda 108 mingdan ortiq qonun buzilishlar aniqlandi — Davlat xizmatlari agentligi
26 aprel 2021, 15:23

Uch oyda 108 mingdan ortiq qonun buzilishlar aniqlandi — Davlat xizmatlari agentligi

Joriy yilning ilk uch oyida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 108 mingdan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi. Shundan, 79 mingdan ortig‘i muddat buzilishi va 1129 tasi ortiqcha hujjat talab qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p qonunbuzarlik kommunal tashkilotlari bilan bog‘liq bo‘lib, 88 509 ta holat qayd etilgan. Natijada 20 nafar mansabdor ishdan olingan.

Farg‘onada oilali erkakka nikoh o‘qigan 64 yoshli otaxonga 1 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi
26 aprel 2021, 14:27

Farg‘onada oilali erkakka nikoh o‘qigan 64 yoshli otaxonga 1 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida 64 yoshli otaxonga oilali erkakka boshqa bir ayol bilan nikoh o‘qigani uchun 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. U oldinroq ham ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan va jarimaga tortilgan.

Hafta davomida issiq va quruq ob-havo kuzatiladi
26 aprel 2021, 14:01

Hafta davomida issiq va quruq ob-havo kuzatiladi

Hafta davomida O‘zbekistonga harorat me’yordan 5−8 darajaga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14−17 daraja, kunduz kunlari 32−35 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 37−38 darajagacha bo‘ladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi
26 aprel 2021, 13:20

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u agentlik boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Toshkentdagi har bir mahallaga obodonlashtirish uchun 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi
26 aprel 2021, 12:33

Toshkentdagi har bir mahallaga obodonlashtirish uchun 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatiga olib boradigan estakada yo‘li ochiladi
26 aprel 2021, 12:27

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatiga olib boradigan estakada yo‘li ochiladi

Tez kunlarda Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatiga olib boruvchi, uzoq vaqt yopiq bo‘lgan estakadaning ochilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston harbiylari AQSHdagi «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘ldi
26 aprel 2021, 12:20

O‘zbekiston harbiylari AQSHdagi «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik harbiylar 19−24 aprel kulari AQSHning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘lishdi.

Samarqand shahridagi barcha maktablar va bog‘chalar karantinga olinadi
26 aprel 2021, 11:16

Samarqand shahridagi barcha maktablar va bog‘chalar karantinga olinadi

27 apreldan Samarqand shahridagi barcha bog‘chalar va maktablar 14 kunlik karantinga yopiladi, o‘quvchilarga ta’lim berish tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi.

Buxoroda chaqaloqni 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
26 aprel 2021, 10:05

Buxoroda chaqaloqni 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Peshku tumanida ayol o‘z onasi bilan birga endi dunyoga kelgan farzandini 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Fuqarolar chaqaloqni o‘zga bir fuqaroga kelishilgan narxda sotayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Sirdaryodagi bankda qalbaki 81 ming yevro aniqlandi
26 aprel 2021, 09:43

Sirdaryodagi bankda qalbaki 81 ming yevro aniqlandi

«Qishlok kurilish banki» ning Sirdaryo filialida qalbaki 81 ming yevro miqdoridagi pullar aniqlandi.

«O‘zbekistonda „Wall Street“ yaratmoqchiman». 7 ta universitetga grant yutgan Shahnoza Abdireymova bilan suhbat
25 aprel 2021, 16:11 1

«O‘zbekistonda „Wall Street“ yaratmoqchiman». 7 ta universitetga grant yutgan Shahnoza Abdireymova bilan suhbat

«Xorijdagi o‘zbekistonlik talabalar» loyihasi doirasida o‘zbekistonlik talabalarning xorijdagi hayoti, u yerdagi ta’lim tizimi, ularning boshidan o‘tgan sinovlar haqida so‘z boradi. Loyihaning dastlabki mehmoni — Moskvadagi Iqtisodiyot oliy maktabi talabasi nukuslik Shahnoza Abdireymova.

Antimonopoliya qo‘mitasi reklama konstruksiyalari “snos” qilinishiga izoh berdi
24 aprel 2021, 20:18

Antimonopoliya qo‘mitasi reklama konstruksiyalari “snos” qilinishiga izoh berdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi reklama konstruksiyalari ommaviy ravishda buzib tashlanayotganiga izoh berar ekan, ularning yarmi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi. Qo‘mita barcha tomonlarni qonun talablariga rioya qilishga chaqirdi. Tadbirkorlar esa tashqi reklama obyektlari demontaji, hukumat qarorida ko‘rsatilganidek, sud qaroridan so‘ng amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlashmoqda.

Nazorat-tekshiruvchi organlar vazirlarga bo‘ysunmasligi kerak — bosh prokuror
24 aprel 2021, 17:30

Nazorat-tekshiruvchi organlar vazirlarga bo‘ysunmasligi kerak — bosh prokuror

Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev vazirlik va idoralar bo‘ysinuvidagi tekshiruvchi organlarning mustaqilligini shubha ostiga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Energetika vazirligi qoshidagi inspeksiya ikki yil ichida o‘z tashabbusi bilan biror marta ham tekshiruv o‘tkazmagan, bir so‘mlik ham zararni aniqlamagan. Vaholanki huquqni muhofaza qilish idoralari ikki yil davomida 300 mlrd so‘mlik zararlarni aniqlagan.

O‘zbekiston qahramoni Xasan Normurodov vafot etdi
24 aprel 2021, 11:44

O‘zbekiston qahramoni Xasan Normurodov vafot etdi

O‘zbekiston qahramoni Xasan Normurodov 82 yoshida olamdan ko‘zd yumdi. Yaqinda u shifoxonada davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonlik talaba yaponiyalik o‘smirni qutqarib qoldi. Yaponiya elchisi minnatdorchilik bildirdi
24 aprel 2021, 11:10

O‘zbekistonlik talaba yaponiyalik o‘smirni qutqarib qoldi. Yaponiya elchisi minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyev cho‘kayotgan yaponiyalik o‘smirni qutqarib qoldi. Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Yoshinori Fujiyama O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Saharlik va iftorlik uchun to‘yimli taomlar
24 aprel 2021, 10:30

Saharlik va iftorlik uchun to‘yimli taomlar

Zira.uz saharlik va iftorlik uchun to‘yimli va lazzatli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Prezident Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markaziga tashrif buyurdi
23 aprel 2021, 20:33

Prezident Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markaziga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markaziga tashrif buyurib, butun mamlakat bo‘ylab ushbu avtomatlashgan tizimga xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish ko‘rsatma berdi.

«Chiroyli» avtoraqamlar sotuvi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
23 aprel 2021, 17:51

«Chiroyli» avtoraqamlar sotuvi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

2021 yilning ilk uch oyida o‘zbekistonliklar «chiroyli» avtoraqamlar sotib olish uchun 62 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflashdi. Bu «chiroyli» avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting