2-iyun kuni maxsus iqtisodiy zonadagi ADM Jizzakh avtomobil zavodi qurilish maydonchasida tantanali ravishda vaqt kapsulasini joylash marosimi o‘tkazildi. Tadbir Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda bosim ostida quyish usuli bilan avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaradigan yangi korxona qurilishi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazildi.

adm jizzakh, реклама

Joylanayotgan idishning ramziy surati, yangi qo‘shma korxonaning qurilishi bo‘yicha ishlarning boshlanishini ifodaladi. ADM Jizzakh`ning hamkori sifatida Koreyaning Dasan DMC kompaniyasi gavdalandi.

adm jizzakh, реклама

Qo‘shma korxonaga kritilishi rejalashtirilgan kiritiluvchi investitsiyalar hajmi 8,2 mln AQSh dollarini tashkil etadi. ADM Jizzakh yetkazib beruvchilari klasteri qoshidagi yangi korxonada old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, instrumental panellar, markaziy konsol va boshqa yirik plastmassali butlovchi qismlar, shuningdek, avtomobillar uchun statik va dinamik rezina qistirmalari ishlab chiqariladi.

adm jizzakh, реклама

Marosimda har ikki tomon vakillari qutlov so‘zlari bilan chiqish qilib, loyihaning muvaffaqiyatli va jadal rivojlanishi yuzasidan tilaklar bildirdilar.

adm jizzakh, реклама

“Biz uzoq muddatli hamkorligimizning dastlabki bosqichidamiz va birgalikdagi maqsadlarimizga bosqichma-bosqich erishamiz. DMC Inc. kompaniyasi tomonidan barcha kerak bo‘lgan texnik yordam nafaqat ishga tushirish bosqichida, balki loyihamizni amalga oshirish jarayonida ham taqdim etiladi”, — dedi DMC kompaniyalar guruhi raisi o‘rinbosari Yun Chonyul.

adm jizzakh, реклама

Ularning chiqishlaridan so‘ng vaqt kapsulasining tantanali joylanishi amalga oshirildi, unda nafaqat kompaniyalarning rasmiy vakillari, balki Jizzax viloyatining turli tashkilotlaridan taklif etilgan mehmonlar ham ishtirok etdilar. Vaqt kapsulasiga hamkorlik memorandumi joylashtirildi. Shuningdek, toshga memorandum imzolangan sana va korxonalarning nomlari ramziy ravishda o‘yib yozilgan lavh o‘rnatildi.

adm jizzakh, реклама


ADM Jizzakh — bu O‘zbekistondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonadir. Yaqin orada u, asosiy maqsadi ishlab chiqarishni mamlakat ichida rivojlantirish bo‘lgan avtomobilsozlikning eng yirik klasterlaridan birining markaziga aylanishi kerak. Hozirda ADM Jizzakh Kia (Janubiy Koreya) va Chery (Xitoy) brendlari ostida 15 xildagi modellarni ishlab chiqarmoqda.

adm jizzakh, реклама

Ayni paytda zavodda bo‘yash, payvandlash va yig‘ish sexlari qurilishi yakuniy bosqichidadir.

DMC Inc., Dasan guruhi tarkibida bo‘lib, avtomobil sanoati uchun rezina, plastmassa qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. DMC Inc. kompaniyasi sifatli va bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali xalqaro bozorda o‘zini namoyon qila olgandir. Tesla, Ford, Hyundai, Kia, Wolkswagen, Jac va shu kabi brendlar DMC xoldingining mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaydilar.

adm jizzakh, реклама

ADM Jizzakh avtokomponentlari klasterida yirik o‘lchamli ehtiyot qismlarni mahalliylashtirishni kengaytirish O‘zbekiston Respublikasida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning mantiqiy davomidir. Yangi texnologiyalarni joriy etish, mahalliylashtirishni rivojlantirish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, korxonaning bozordagi o‘rnini mustahkamlash va kelajakda barqaror o‘sishni ta’minlash imkonini yaratadi.

Telefon: (+998) 71−202−69−99.

Instagram: @admjizzakh
YouTube: ADMJizzakh

Reklama huquqlari asosida.