O‘zgidromet uzoq davom etgan yuqori harorat Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi sababli pasayishini bildirdi. 20-iyundan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorat 4−6 darajaga pasayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berishi mumkin.
Human Rights Watch tashkiloti nashida ortidan qamalgan talaba Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha apellyatsiyani adolatli ko‘rib chiqishga chaqirdi. Tashkilot qo‘zg‘atilgan ish uning din va e’tiqod erkinligi huquqini buzishini qayd etdi.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda faoliyat boshlaganiga 30 yil to‘ldi. “BMTTD O‘zbekistonning barqaror kelajak qurish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi”, — deydi dasturning Yevropa va MDH davlatlari uchun mintaqaviy byurosi direktori Ivana Jivkovich.
18−21-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Quvasoy shahrida mushukni qafasga solib, uni tiriklayi yoqib yuborgan shaxslar jarimaga tortildi.
Buxoro viloyatidagi Qoraqir tabiiy suv ombori hududida taqiqlangan to‘rlar bilan 327 ta turli turdagi baliqni ovlagan erkaklar qo‘lga olindi.
Qamchiq dovonida MAN yuk avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolib, xandaqqa tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida mashinani chiqarib oldi.
O‘zgidromet yoz noodatiy issiq bilan boshlanganiga izoh berdi. Oxirgi marta bunday issiq 2021-yilda iyun oyining birinchi yarmida kuzatilgan va u barcha kuzatuvlar davomidagi eng issiq havo bo‘lib, harorat +46 darajaga yetgan. Joriy iyun bunday qiymatlarga “yeta olmadi”.
Qoraqalpog‘istonda fermer mansabdor tanishlari orqali jami 620 gektar yerni $400 mingga fuqaro nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani, pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +43 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Juma kuni poytaxtning Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan kattaqo‘rg‘onlik ayol jazoga tortildi. 23 yoshli ona sudda bu ishni erini qo‘rqitish maqsadida qilganini aytdi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. NNTning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishgan, O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan o‘zbekistonliklar bilan ishlash.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi.
Toshkentda himoya orderi talablarini buzib, jarimaga tortilgan AQSh fuqarosi, Namanganda JQB sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlangani, yonib ketgan Qo‘qon bozori haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, eski banknot va tangalarni almashtirish tiklangani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
15-iyundan 15-sentabrga qadar “O‘zmilliybank”dan Solfy to‘lov kartasi bilan Baraka Market`da xaridlarni amalga oshirib, Tailandga sayohat va boshqa qimmatli sovg‘alarni yutib olish imkoniyati mavjud.
Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Umid Raupovga tergov izolyatorida saqlanayotgan shaxsni qiynoqqa solgani uchun uch yil muddatga ozodlik cheklash jazosi tayinlandi. Sud jabrlanuvchining da’volari yo‘qligi hamda sudlanuvchining aybiga qisman iqrorligini inobatga olib, jazoni yengillashtirdi.
SSV ma’lum qilishicha, “Anhor — Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida attraksiondan yig‘ilgan ikki fuqaroning holati o‘rta og‘ir darajada. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.
SSV Intermed Innovation xususiy klinikasi litsenziyasini sud orqali bekor qilinganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, Intermed Innovation kompaniyasi litsenziyani bekor qilish bo‘yicha sud jarayonini noqonuniy deb atagan edi. Vazirlik klinikaning bayonotiga nisbatan munosabat bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting