Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan obyekt aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida Tatar tog‘larida taxminan VIII — IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan obyekt topilgan. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ushbu obyekt guvurgon, ya’ni zardushtiylarning daxmasi bo‘lgan degan taxminlar ham bor.

қашқадарё, tosh минора, зардуштийлар

қашқадарё, tosh минора, зардуштийлар

Muqanna qal’asining qurilish uslubiga o‘xshash tosh minorani atroflicha o‘rganish jarayonida hududda suv tegirmoni qoldiqlari va erigan metall ashyolari topildi. Bu mazkur obyektdan ma’lum harbiy istehkom yoki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ta’minot sifatida foydalanilgan bo‘lishini anglatadi.