8-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida quyidagi hududlarda elektr energiyasi o‘chirildi:

  • Bektemir tumani “Iyk ota” MFYning Ma’rifat va Hurriyat ko‘chalari hamda “Oltintopgan” MFYning Oltintopgan ko‘chasi hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Yashnobod tumanining Baku, Boysun, G‘ijduvon, Xovos, Marv, M.Ashrafiy, Tuzel 1-mavze, Parkent, Oltintepa, S. Azimov, To‘ytepa, Istiqbol hamda Qashqadaryo ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Chilonzor tumanining Nurxon, Afshona hamda Qo‘shchinor ko‘chalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.