2-iyun kuni soat 10:10 atrofida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Italiya fuqarosi A.U. halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” manbasi xabar berdi. Tahririyat so‘roviga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotni tasdiqladi.

YTH Oltiariq tumani “Azimobod” mahallasidan o‘tuvchi 4P-148A Bog‘dod-Oltiariq yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia-2 haydovchisi — Bag‘dod viloyatida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan A.A. velosiped haydab ketayotgan 67 yoshli chet ellik ayolni urib yuborgan.

италия, йтҳ, фарғона

Oqibatda u turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.