Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 171-maktab hovlisida 26 tup daraxt kesib tashlandi. Kesilgan daraxtlar suratini e’lon qilgan “Insider.uz” Telegram-kanali “Bolalar yozgi ta’tilga chiqishganda hammasi joyida edi. Hozir esa shunday”, deya izoh qoldirgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati voqea joyiga ishchi guruh yuborilganini ma’lum qildi. Uning tarkibida poytaxt hokimligi, tuman hokimligi va shahar ekologiya boshqarmasi vakillari bor.

171-maktab, daraxtlar кесилиши

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Poytaxt hokimligi xabar berishicha, kuzatuv kameralaridagi tasvirlarni o‘rganish davomida daraxtlar 28-may kuni maktabga tutash hududni egallagan garaj xo‘jaligi vakili fuqaro S.A. tomonidan kesilgani ma’lum bo‘lgan.

Mutaxassislar tomonidan yetkazilgan zararni o‘rganish boshlangan.