Jamiyat

Andijonda mahkumning urib o‘ldirilgani yuzasidan 12 nafar IIO xodimiga hukm o‘qildi
14 iyun 2023, 17:11

Andijonda mahkumning urib o‘ldirilgani yuzasidan 12 nafar IIO xodimiga hukm o‘qildi

Andijondagi tergov hibsxonasida mahkumning kaltaklanib, o‘ldirib qo‘yilgani bo‘yicha 12 nafar IIO xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ulardan 6 nafari qamaldi, qolgani uy qamog‘iga hukm qilindi. Marhumni kamerada kaltaklagan bir nafar mahbusning jazo muddati uzaydi.

UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi halok bo‘ldi
14 iyun 2023, 15:14

UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi halok bo‘ldi

Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.

Xorazmda “tinch yurishi uchun” fuqarodan pul talab qilib kelgan ikki shaxs ushlandi
14 iyun 2023, 14:52

Xorazmda “tinch yurishi uchun” fuqarodan pul talab qilib kelgan ikki shaxs ushlandi

Xorazmda “fuqaroni tinchini buzmaslik uchun” undan deyarli bir yil mobaynida 58 mln so‘m olib kelgan va yana 10 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Qashqadaryoda arxeologik obyekt hududiga transformator o‘rnatilgani aniqlandi
14 iyun 2023, 13:58

Qashqadaryoda arxeologik obyekt hududiga transformator o‘rnatilgani aniqlandi

Yakkabog‘ tumanida elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari VI-XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya obyekti hududiga transformator punkti o‘rnatgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorlikka 93 mln so‘mlik zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi
14 iyun 2023, 12:57

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi

Silk Avia kompaniyasi 27-iyundan 2-iyulgacha aviachiptalarga 30% gacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya bayram kunlari arzon tarifdagi chiptalar soni ko‘paytirilishini bildirdi.

Chilonzordagi portlashda jarohatlanganlar soni 16 nafarga yetdi, 1 kishi halok bo‘lgan
14 iyun 2023, 12:31

Chilonzordagi portlashda jarohatlanganlar soni 16 nafarga yetdi, 1 kishi halok bo‘lgan

Chilonzordagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida portlash va yong‘in ro‘y berib, 1 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. 16 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Dastlab 6 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Toshkentdagi sexda portlash sodir bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi
14 iyun 2023, 11:25

Toshkentdagi sexda portlash sodir bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi

Chilonzor tumanidagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida portlash ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent shahri aholisiga 2 ta ko‘chaga nom berish taklif etildi
14 iyun 2023, 11:15

Toshkent shahri aholisiga 2 ta ko‘chaga nom berish taklif etildi

Toshkent shahri hokimligi ikki ko‘cha — Katta halqa yo‘lining bir qismi (Oxangaron shohko‘chasi va yangi aylanma yo‘l oralig‘i) hamda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi ko‘chaga nom berish bo‘yicha aholidan takliflar qabul qilmoqda.

Toshkentning 4 tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi
14 iyun 2023, 10:56

Toshkentning 4 tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Chorshanba kuni ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida vaqtincha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi.

Xorazmda yo‘l qurilish korxonasi xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi
14 iyun 2023, 10:40

Xorazmda yo‘l qurilish korxonasi xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi

DXX “Xorazm yo‘l qurilish” bo‘lim boshlig‘ini tadbirkordan 48 ming dollar olayotganda, Xivada esa Davlat kadastrlari palatasi xodimini yer sotib olgan fuqarodan 60 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.

Qo‘qondagi bozorda yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladigan bo‘ldi
14 iyun 2023, 09:31

Qo‘qondagi bozorda yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladigan bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan pul olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma’muriyati hisobidan amalga oshiriladi.

13-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 iyun 2023, 22:04

13-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentdagi elektr uzilishlari sababini aytgan “HET” korxonasi mas’uli, meros bo‘yicha sudga arz qilgan Islom Karimovning o‘g‘li, “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida attraksiondan tushib ketgan 2 fuqaro, 4 soatda o‘chirilgan Qo‘qondagi bozorda sodir bo‘lgan yirik yong‘in va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Buxoroda 18 yoshli talaba qiz 6-qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi
13 iyun 2023, 18:27

Buxoroda 18 yoshli talaba qiz 6-qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi

Buxoroda Osiyo xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyning 6-qavatidan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi. 18 yoshli qizning o‘z joniga qasd qilishi sabablari bo‘yicha taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda.

“Elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jazirama yozda boshlangani yo‘q” — “HET” korxonasi mas’uli
13 iyun 2023, 17:37

“Elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jazirama yozda boshlangani yo‘q” — “HET” korxonasi mas’uli

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Islom Karimovning o‘g‘li sudga meros bo‘yicha da’vo arizasi kiritdi
13 iyun 2023, 15:12

Islom Karimovning o‘g‘li sudga meros bo‘yicha da’vo arizasi kiritdi

O‘zbekiston birinchi prezidentining o‘g‘li Pyotr Karimov Tatyana Karimovaga nisbatan sudga meros bo‘yicha da’vo arizasi kiritdi.

Toshkentdagi istirohat bog‘ida ikki kishi attraksiondan tushib ketdi
13 iyun 2023, 12:40

Toshkentdagi istirohat bog‘ida ikki kishi attraksiondan tushib ketdi

Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanidagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘idagi attraksiondan ayol va erkak yiqilib, kasalxonaga yotqizildi. Qayd etilishicha, ular xavfsizlik kamarini taqmagan.

Qoraqalpog‘istonda Labo va Lacetti to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
13 iyun 2023, 11:46

Qoraqalpog‘istonda Labo va Lacetti to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. Oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda 13-iyun kuni “svet” o‘chiriladigan hududlar e’lon qilindi
13 iyun 2023, 11:42

Toshkentda 13-iyun kuni “svet” o‘chiriladigan hududlar e’lon qilindi

Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 13-iyun kuni elektr energiyasi “ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida” vaqtincha o‘chiriladi.

Andijonlik yigit Suriyadagi terror tashkilot faoliyatida ishtirok etgani uchun 10 yildan ko‘proqqa qamaldi
13 iyun 2023, 10:53

Andijonlik yigit Suriyadagi terror tashkilot faoliyatida ishtirok etgani uchun 10 yildan ko‘proqqa qamaldi

2018-yilda “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan andijonlik aka-ukalardan biri qurolli to‘qnashuvlar vaqtida vafot etdi. Yana biriga esa O‘zbekistonda sud hukmi o‘qilib, u 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Farg‘onada tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi
13 iyun 2023, 10:40

Farg‘onada tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi

Dang‘ara tumanida tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Uning taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan ov qilgan fuqaroga qurolini qaytarib berish evaziga 1 mln so‘m olgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting