Yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab bir necha nasos stansiyalari elektr ta’minotidan uzildi. Buning natijasida Toshkentdagi uchta tumanning bir qator aholi massivlari suvsiz qoldi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” matbuot xizmati xabar qildi.

Quyida suv ta’minoti to‘xtagan hududlar ro‘yxati bilan tanishish mumkin:

  • Yashnobod tumanining “Semurg‘”, “Istiqlol”, “Do‘stobod” mahallalarida va ushbu hududda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muassasalarida;.
  • Yakkasaroy tumanining “Boshliq”, “Qushbegi”, “Armuton”, “Dilbuloq” mahallalarida va ushbu hududda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muassasalarida;
  • Mirobod tumanining “Istiqlolobod”, “Oltinko‘l”, “Tong Yulduzi”, “Yangizamon”, “Abdurauf Fitrat”, “Furqat” mahallalarida va ushbu hududda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muassasalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib berilishi ma’lum qilingan. Suv ta’minoti qachon tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.