Jamiyat

Abduqodir Mo‘minov sudi: yana 8 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi
28 iyul 2023, 18:41

Abduqodir Mo‘minov sudi: yana 8 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi

Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sudning ikkinchi kunida 8 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi. Bloger murojaatchilarning muammosini yoritish uchun pul olganiga izoh berar ekan, “tekin ishlasak, qanday ishlaymiz?” dedi. Ayblanuvchining onasi esa hozircha sud ishidan qoniqish hosil qilayotganini aytmoqda.

O‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizini Qo‘qondagi voyaga yetmaganlar sodir etgan — prezident
28 iyul 2023, 18:17

O‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizini Qo‘qondagi voyaga yetmaganlar sodir etgan — prezident

Farg‘ona viloyatida og‘ir jinoyatlarning 20 foizini, o‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizini esa aynan Qo‘qonda yashovchi voyaga yetmaganlar sodir etgan. Prezident bu butun respublika bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich ekanini aytdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari ochiladi
28 iyul 2023, 18:00

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari ochiladi

Prezident qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakulteti TTAning Chirchiq filialiga aylantiriladi.

Prezident YHXX boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi
28 iyul 2023, 17:37

Prezident YHXX boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi

Prezident Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi va uch viloyat YHXB rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Uning ta’kidlashicha, hokimliklar va “O‘zavtoyo‘l” yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga e’tibor bermay, faqat asfalt yotqizish bilan ovora.

Mahalla raislari va fermerlarni so‘kkan Bandixon prokurori ishdan olindi
28 iyul 2023, 17:34

Mahalla raislari va fermerlarni so‘kkan Bandixon prokurori ishdan olindi

Shavkat Mirziyoyev IIVning kengaytirilgan yig‘ilishida qator huquq-tartibot idoralari rahbarlarini ishdan oldi. Ular orasida MFY raislari va fermerlarni haqoratlagan audiosi bilan tanilgan Bandixon tumani prokurori Soatmurod Maxmanov ham bor.

Qanday qilib Malayziya universitetlariga o‘qishga kirish mumkin? Rustam Yunusov hikoyasi
28 iyul 2023, 17:30

Qanday qilib Malayziya universitetlariga o‘qishga kirish mumkin? Rustam Yunusov hikoyasi

Neft konlari kompaniyasi menejeri Rustam Yunusov 2023-yilda Malayziyaning Petronas universitetiga o‘qish uchun jo‘nab ketdi. “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida u universitetni tanlash jarayoni, qat’iy dars jadvali va milliy ta’lim tizimi, bepul davolanish va arzon yashash xarajatlari xususida so‘zlab berdi.

Qoraqalpog‘istonda eri bilan janjallashgani sabab farzandini urgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi
28 iyul 2023, 17:20

Qoraqalpog‘istonda eri bilan janjallashgani sabab farzandini urgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Qorao‘zak tumanida Qozog‘istonda ishlovchi turmush o‘rtog‘i bilan janjallashishi oqibatida farzandini urib haqorat qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bolalar ota qaramog‘iga topshirildi.

Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
28 iyul 2023, 17:11

Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Inamjon Ibragimov lavozimidan ozod etildi. U 2021-yil noyab oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

“Vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”. Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada 11 yoshli qizcha o‘ldirib ketilgani haqida
28 iyul 2023, 17:03

“Vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”. Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada 11 yoshli qizcha o‘ldirib ketilgani haqida

O‘zbekiston prezidenti yaqinda Farg‘onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga oldi. “Bu holat vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”, deya ta’kidlagan Mirziyoyev ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotganini qayd etdi.

“Hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi”. Sirdaryo viloyati hokimi nega 16 ta Tracker sotib olinayotgani haqida
28 iyul 2023, 16:48

“Hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi”. Sirdaryo viloyati hokimi nega 16 ta Tracker sotib olinayotgani haqida

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev o‘z o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlariga 4 mlrd so‘m evaziga 16 ta Tracker xarid qilinayotganiga izoh berdi. “Ayrim tumanlarda hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi. Ulardan talab qilishim uchun, avvalo, shart-sharoit yaratib berish kerak”, — dedi hokim.

Aholining tezkor va shoshilinch murojaatlari uchun yagona 112 raqami ishga tushadi
28 iyul 2023, 16:27

Aholining tezkor va shoshilinch murojaatlari uchun yagona 112 raqami ishga tushadi

O‘zbekistonda 2024-yildan bosqichma-bosqich aholining barcha tezkor va shoshilinch murojaatlarini hal qilish maqsadida yagona 112 tezkor raqami (AQShdagi 911 kabi) va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi.

“Nima ish qilish kerakligini bilmaydi”. Prezident bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan IIB xodimlarini tanqid qildi
28 iyul 2023, 15:54

“Nima ish qilish kerakligini bilmaydi”. Prezident bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan IIB xodimlarini tanqid qildi

Prezident Farg‘onadagi yig‘ilishda “Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari bog‘chalarga borib, 3−4 yoshli bolakaylarga „oq-qorani farqlash“ bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band”, deya yaqinda bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan voqeani esladi. U kadrlar tanlash tizimini qoniqarsiz deb atadi.

“Ayrim ichki ishlar rahbarlari shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun qo‘ymoqda” — Shavkat Mirziyoyev
28 iyul 2023, 15:50

“Ayrim ichki ishlar rahbarlari shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun qo‘ymoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Farg‘onada IIVning kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 6 oy davomida oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. “Ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo‘yib yuborgan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Toshkentdagi yangi bino liftidan yo‘qolgan ayolning jasadi topildi
28 iyul 2023, 14:21

Toshkentdagi yangi bino liftidan yo‘qolgan ayolning jasadi topildi

Toshkentda pochtachi bo‘lib ishlagan 32 yoshli Olga Leonteva 24-iyul kuni xatlarni o‘z manziliga yuborganidan so‘ng uyiga qaytmagan. Uning jasadi 28-iyulga o‘tar kechasi yangi binolardan birining liftidan topildi. Bosh prokuratura holatni o‘rganmoqda.

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyi 250 metr uzoqqa ko‘chirildi
28 iyul 2023, 14:13

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyi 250 metr uzoqqa ko‘chirildi

Bunyodkor shohko‘chasidagi 16 qatordan iborat yo‘ldan o‘tkazilgan xavfli piyodalar o‘tish joyi 250 metr uzoqroqqa ko‘chirildi. Mutasaddilar uning o‘rnida yerusti piyodalar o‘tish joyini qurishni taklif qilmoqda.

Toshkent viloyatida OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi
28 iyul 2023, 14:07

Toshkent viloyatida OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi

Yarim yil davomida Toshkent viloyatida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB.

Toshkentda YTHda yana bir yangi avtobusga shikast yetdi
28 iyul 2023, 13:56

Toshkentda YTHda yana bir yangi avtobusga shikast yetdi

Toshkent shahrining Istirohat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan 147-yo‘nalishdagi Yutong avtobusiga “ZIL” haydovchisi uni o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘lganida shikast yetdi.

Sanoat yerlari toifasini o‘zgartirish uchun endi Hukumat komissiyasi roziligi talab etiladi
28 iyul 2023, 12:04

Sanoat yerlari toifasini o‘zgartirish uchun endi Hukumat komissiyasi roziligi talab etiladi

Prezident Farg‘onada ishlab chiqarish bo‘lgan davlat obyektlari xususiylashtirilib, o‘rnida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotganini tanqid qildi. Shu sababdan endi sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar toifasi faqat Hukumat komissiyasi roziligi bilan o‘zgaradi.

O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it, 46 mingdan ortiq mushuk bor
28 iyul 2023, 11:51

O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it, 46 mingdan ortiq mushuk bor

Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it va 46 mingdan ortiq mushuk yashashini ma’lum qildi.

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida
28 iyul 2023, 11:48

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida

Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting