Jamiyat

3-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
3 yanvar 2024, 22:37

3-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Havosi yana ifloslangan Toshkent, so‘nggi 6 yildagi eng past inflyatsiya, bahorda narxi oshadigan Ai-80 benzini, vakolat muddatlari uzayayotgan mahalla raislari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.

Qishloqlarda Yangi yil qanday kutib olindi?
3 yanvar 2024, 18:58

Qishloqlarda Yangi yil qanday kutib olindi?

Qishloqdagi Yangi yil shahardagi, ayniqsa poytaxtdagi bayramga o‘xshamaydi. Unda archa atrofida sayl, konsert degan narsalar yo‘q. “Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam va Xolida Musulmon 2024-yilni Andijon va Jizzaxdagi qadrdon qishloqlarida kutib oldi va qishloqdagi bayram tarovatini kadrlarga muhrladi.

Mahalla raisining vakolat muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda
3 yanvar 2024, 17:40

Mahalla raisining vakolat muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish reja qilinmoqda. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati aniq belgilab beriladi.

Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suvi narxi oshdi
3 yanvar 2024, 17:11

Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suvi narxi oshdi

Qoraqalpog‘istonda 1 metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 2900 so‘m, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 5700 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, oqova suvi narxi ham oshdi.

Andijonda mast haydovchi YPX xodimi va yana bir kishini urib yubordi
3 yanvar 2024, 16:31

Andijonda mast haydovchi YPX xodimi va yana bir kishini urib yubordi

Andijonda mast haydovchi katta tezlikda mashina boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobilga urildi. YPX xodimi va yana bir haydovchi jarohatlandi.

Test: Toshkentdagi tuman hokimliklarining binolarini taniysizmi?
3 yanvar 2024, 16:13

Test: Toshkentdagi tuman hokimliklarining binolarini taniysizmi?

Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? Masalan, Toshkentdagi har bir tuman hokimligini binosiga qarab ajrata olasizmi? “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi — shu haqda.

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi
3 yanvar 2024, 16:02

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi

Poytaxtda moratoriy talablariga to‘liq rioya etilmayotgani va daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Ekologiya vazirligi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi rahbar va xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi. Shuningdek, 1-fevralgacha boshqarma vakolatlari cheklandi.

Surxondaryoda XIX asrga oid oltin tangani $100 mingga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3 yanvar 2024, 15:23

Surxondaryoda XIX asrga oid oltin tangani $100 mingga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Tanga “Petru Bogdanovu 1899” yozuvli, og‘irligi 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi
3 yanvar 2024, 15:17 1

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi

Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
3 yanvar 2024, 11:54

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo‘lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko‘cha va maydonlar. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, juma kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
3 yanvar 2024, 11:37

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, juma kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi. Harorat kunduzi +8…+15, kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tuman tushib, shamol kuchayishi, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Jizzaxda Lacetti transformatorga urildi
3 yanvar 2024, 11:30

Jizzaxda Lacetti transformatorga urildi

Sharof Rashidov tumanida Lacetti transformatorga urilishi oqibatida mashina va transformator texnik shikastlandi, mahalla bir muddat elektr ta’minotisiz qoldi.

Namanganda qoidabuzarliklari bilan maqtangan haydovchi oltita modda bilan jarimaga tortildi
3 yanvar 2024, 11:05

Namanganda qoidabuzarliklari bilan maqtangan haydovchi oltita modda bilan jarimaga tortildi

Namanganda o‘zganing Mersedes-Benz rusumli avtomashinasini davlat raqamlarisiz va guvohnomasiz boshqarayotgan yigit Instagram’da yo‘l harakati qoidalarini qanday buzayotgani haqida video joyladi. U oltita modda bo‘yicha jarimaga tortildi.

Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori JSST tavsiyalaridan 18,7 baravarga oshdi
3 yanvar 2024, 09:30

Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori JSST tavsiyalaridan 18,7 baravarga oshdi

Chorshanba kuni ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari miqdori 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu JSST tavsiyasidan 18,7 baravar yuqori. Soat 4:00 da “O‘zgidromet” hududida bu ko‘rsatkich 87,5 mkg/m3 ni tashkil qildi.

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi
2 yanvar 2024, 12:09

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 21 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi.

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor bo‘ldi
2 yanvar 2024, 10:44

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor bo‘ldi

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi. U 2017−2023-yillarda O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi
2 yanvar 2024, 10:09

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi

Dubayda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik erkak qutqarildi. Undan 200 ming dollar pul talab qilingan, pul berilmagan taqdirda joniga qasd qilish bilan qo‘rqitilgan. U Bosh konsullik diplomatlari ko‘magida ozodlikka chiqarildi.

Chimyonda 1−10-yanvar kunlari harakat bir tomonlama bo‘ladi
1 yanvar 2024, 11:46

Chimyonda 1−10-yanvar kunlari harakat bir tomonlama bo‘ladi

1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga (G‘azalkentdan Yusufxonagacha) transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Ayni vaqtda tirbandliklar kuzatilmayapti.

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
1 yanvar 2024, 10:01

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Yana 5 ta shaharda yo‘lovchi tashishda brutto-shartnoma amal qiladi, maktab direktorlari kasbiy sertifikatlanadi, chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan yangi obyektlar loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi, baliqchilikka garovsiz kredit ajratiladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi
31 dekabr 2023, 19:31

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi

YouTube’ning o‘zbek segmenti uchun 2023-yil barakali keldi — videokontent yaratuvchilar soni ham, sifati ham sezilarli oshdi. Kontent ko‘paygach, tomoshabinda tanlov mashaqqati ham paydo bo‘ladi. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati shu mashaqqatni yumshatish uchun YouTube-kontent bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting