Jamiyat

1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
1 avgust 2023, 11:40

1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Stajga ega bo‘lmaganlar uchun nafaqa miqdori 33 ming so‘mga oshadi, ota-onalarning farzandi ta’limi uchun to‘lagan puli daromad solig‘idan ozod qilinadi, rahbarlar raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qiydi, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish boshlanadi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 5 mln so‘m pora olishda gumonlanib, ushlandi
1 avgust 2023, 10:29

Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 5 mln so‘m pora olishda gumonlanib, ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tarmoqdan uzilgan fuqaroni unga qayta ulab berish evaziga 5 mln so‘m talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Banklarda dollar kursi 11 675 so‘mgacha ko‘tarildi
1 avgust 2023, 09:47

Banklarda dollar kursi 11 675 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 1-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 560−11 615 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 675 so‘m.

Buxorodagi 23 ta savdo do‘koni yonib ketdi
1 avgust 2023, 09:19

Buxorodagi 23 ta savdo do‘koni yonib ketdi

Tunda Buxoro shahridagi ikki qavatli savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in sabab 15 ta do‘kon va majmua yaqinidagi bozorning 8 ta do‘koni yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

31-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
31 iyul 2023, 22:00

31-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Imtihon sabab Toshkentdagi ayrim avtobuslar erta ish boshlashi, chaqalog‘ini $10 mingga sotmoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol, Toshkentda o‘zini 5-qavatdan tashlagan hujra o‘quvchisi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, dollar kursiga bosim o‘tkazayotgan importning o‘sishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

IIO xodimlari bolalarga ma’ruza o‘qigan bog‘cha mudirasi va uslubchisiga intizomiy chora qo‘llanildi
31 iyul 2023, 19:47

IIO xodimlari bolalarga ma’ruza o‘qigan bog‘cha mudirasi va uslubchisiga intizomiy chora qo‘llanildi

Toshkentda IIO xodimlari bolalarga “oq bilan qorani ajrata olish” haqida gapirib, ma’ruza o‘qigan bog‘cha mudirasi va uslubchisiga intizomiy chora qo‘llanildi. Maktabgacha ta’lim agentligiga ko‘ra, bolalar bilan mashg‘ulotlar maydonchada o‘tkazilmay, guruhda tashkil etilgani noto‘g‘ri bo‘lgan.

17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent hujjat topshirdi
31 iyul 2023, 19:01

17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent hujjat topshirdi

2023/2024 o‘quv yilida 17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent ariza yubordi. Ularning 13,2 ming nafari — xotin-qizlar. Hujjat topshirganlarning 4 foizida davlat mukofoti bor yoki nomdor stipendiya sohibi. 3 foizi esa nogironlik imtiyoziga ega.

10 yoshli qizdan intim suratlarni yuborishni talab qilgan erkak 4,5 yilga qamaldi
31 iyul 2023, 17:50

10 yoshli qizdan intim suratlarni yuborishni talab qilgan erkak 4,5 yilga qamaldi

O‘zini 15 yoshli qiz bola maktab o‘quvchisi deb tanishtirgan erkak 10 yoshli qizga pornografik xarakterdagi video va suratlarni yuborib, undan ham shunday suratlarini yuborishni talab qilgan. Toshkent viloyati sudi erkakni 4,5 yilga manzil-koloniyaga hukm qildi.

OTM imtihonlari sababli Toshkentda ayrim avtobuslar ishi 5:00 dan boshlanadi
31 iyul 2023, 17:49

OTM imtihonlari sababli Toshkentda ayrim avtobuslar ishi 5:00 dan boshlanadi

1-avgustdan 13-avgustga qadar OTMlarga kirish testlari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi.

“Vaqtni yanada samaraliroq sarflash mumkin edi”. Psixolog — bolalar bog‘chasidagi “ma
31 iyul 2023, 17:40

“Vaqtni yanada samaraliroq sarflash mumkin edi”. Psixolog — bolalar bog‘chasidagi “ma

Bog‘chada IIO xodimlari o‘tkazgan “tarbiyaviy soat” ko‘plab savollar tug‘dirdi. Hatto prezident ham ushbu masalaga to‘xtaldi. “Gazeta.uz” psixolog Zulayho Shermatovadan vaziyatga izoh berishni so‘radi. U bolalarning yoshini hisobga olish va bolalar bilan muloqot qiladigan odamlarni tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Yanvar-iyun oylarida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi
31 iyul 2023, 17:06

Yanvar-iyun oylarida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi

2023-yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. “Bularning aksariyati yozgi ta’til yoki o‘qishdan tashqari paytda sodir bo‘lgan”, — deydi Maktab vazirligi vakili.

Avgust oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
31 iyul 2023, 16:36

Avgust oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda avgust oyining dastlabki besh kunida harorat +40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +33…+38 darajagacha pasayadi. Oyning ikkinchi yarmida harorat qisqa muddatga yanada pasayishi mumkin. Faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir kutilmoqda. Umuman olganda, oy davomida o‘rtacha issiq kuzatiladi.

Sirdaryoda boshqaruvini yo‘qotgan Cobalt zovurga tushib ketdi
31 iyul 2023, 16:32

Sirdaryoda boshqaruvini yo‘qotgan Cobalt zovurga tushib ketdi

Guliston tumanidan oqib o‘tgan zovurga Cobalt tushib ketdi. Avtomobil FVB qutqaruv otryadi yordamida olib chiqildi. Jarohat olganlar yo‘q.

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi
31 iyul 2023, 15:21

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi

Farg‘ona viloyatida ayol kvartira sotib olish uchun 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgandi. Sud uning homilador ekani va oilada yagona boquvchi bo‘lganini hisobga olib, ayolga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Jizzaxda baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazdi
31 iyul 2023, 15:05

Jizzaxda baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazdi

Aydar-Arnasoy ko‘llarida 175 bosh oqsila baliqlarini noqonuniy ovlangan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat bo‘yicha hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Samarqandda arxeologik obyektlarga 9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
31 iyul 2023, 13:41

Samarqandda arxeologik obyektlarga 9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Urgut tumanidagi qator arxeologiya yodgorliklari buzilishi va kovlanishi oqibatida obyektlarga 9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi
31 iyul 2023, 12:38

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Strategiyada 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

Toshkentda noqonuniy hujra o‘quvchisi o‘zini 5-qavatdan tashladi
31 iyul 2023, 12:02

Toshkentda noqonuniy hujra o‘quvchisi o‘zini 5-qavatdan tashladi

Shayxontohur tumanida bolalarni urib, islom dinidan noqonuniy dars bergan shaxs 15 sutkaga qamaldi. Uning kaltaklashi oqibatida 4 bola jarohat olgan. Bir nafar bola 5-qavatdan o‘zini tashlagan. Voyaga yetmaganlarning ota-onalari ham javobgarlikka tortildi.

Navoiy viloyatida 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
31 iyul 2023, 11:43

Navoiy viloyatida 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning Yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan. Qushlar O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.

Hafta davomida o‘rtacha issiq havo saqlanib turadi
31 iyul 2023, 11:04

Hafta davomida o‘rtacha issiq havo saqlanib turadi

Bu hafta O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +42 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting