Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasida iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi.

Hujjat 2023-yilning 1-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangandi. Bitimning bajarilishi uchun O‘zbekiston tomonidan vakolatli organ Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

Shartnomaning maqsadi — issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga moslashish salohiyatini oshirish va shu bilan kam uglerodli va iqlimga chidamli iqtisodiyotga o‘tishni ta’minlash.

Hujjatni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish uchun Iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mita tashkil etish ko‘zda tutilgan.