Navoiy viloyatining Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Xususan, Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich Qiziltepa tumani hokimi bo‘ldi. U 1983-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Xo‘jand davlat universiteti hamda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida u Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi raisi, Navoiy viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi direktori, “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi Navoiy viloyat filiali direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

бекзод бобомuродов, uмиджон адизов, хатирчи tumani, қизилтепа tumani
Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Tayinlovga qadar Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, “Zarafshan Golden Group” MCHJ kompaniyasi rahbari, senator Ulug‘bek Fayziyev 2021-yilning noyabr oyida Qiziltepa tumaniga hokim etib tayinlangandi. Tumanga 25 yil rahbarlik qilgan Shabon Nabiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, viloyat hokimining buyrug‘i bilan Umidjon Adizov Xatirchi tumani hokimi etib tayinlandi. U 1977-yilda Navbahor tumanida tumanida tug‘ilgan.

бекзод бобомuродов, uмиджон адизов, хатирчи tumani, қизилтепа tumani
Foto: Navoiy viloyati IIB

Polkovnik Adizov tayinlovga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlgan. Undan avval Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Shu paytga qadar Xatirchi tumaniga Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nizamov Sayfiddin rahbarlik qilib kelayotgandi.

Bundan tashqari, Kamolov Erkin Shamsiddinovich Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.