Kamolov Erkin Shamsiddinovich Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Erkin Kamolov 1987-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent avtomobil yo‘llar institutini tamomlagan.
Tayinlangunga qadar u Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shu paytga qadar viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumani hokimi bo‘lgandi.