25−26-oktabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Mazkur yig‘ilishlarda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Bishkekdagi tadbirlar doirasida ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston hukumati rahbari Bishkekka yetib kelganini ma’lum qildi. Uni “Manas” aeroportida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Toroboyev kutib oldi.