Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bo‘lib ishlayotgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘ldi. Bu haqda 26-oktabr kuni Qarshi shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Avvalroq 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgan Aziz Voitov lavozimidan ozod etilgandi.

Ibrohim Abdurahmonov 1975-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1992−1997-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 2001-yil AQShdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Faoliyatini 1997-yildan Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida boshlagan, 2002−2012-yillarda Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan.

Turli yillarda, shuningdek, Fanlar akademiyasi faoliyat yuritgan. 2017-yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

2022-yil dekabrida prezident farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qo‘shib yuborilgan.