Siyosat

Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda
7 fevral 2024, 15:03

Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.

Akmaljon Mirzaolimov Xo‘jaobod tumani hokimi v.v.b. bo‘ldi
7 fevral 2024, 09:56

Akmaljon Mirzaolimov Xo‘jaobod tumani hokimi v.v.b. bo‘ldi

Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U bu lavozimga qadar avvalgi hokim O‘tkirbek Shukurovning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgandi.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar tayinlandi
7 fevral 2024, 09:41

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar tayinlandi

Abdurahmon Mahmudov O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar bo‘ldi. U 2019−2023-yillarda Ukrainadagi elchixonada birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi sifatida ishlagan.

Guliston shahri hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etildi
6 fevral 2024, 22:13

Guliston shahri hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etildi

2019-yilning fevralidan beri Guliston shahrini boshqarib kelgan To‘lqinjon Dadabayev lavozimidan ozod etildi. Bunga uning sog‘lig‘idagi muammolari sabab qilib ko‘rsatilgan. Hokim vazifasini vaqtincha bajarish uning o‘rinbosari G‘ayrat Botirov zimmasiga yuklatildi.

“Ta’lim loyihalari markazi”ga ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari taklif va tavsiyalar berib boradi
6 fevral 2024, 17:06

“Ta’lim loyihalari markazi”ga ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari taklif va tavsiyalar berib boradi

O‘zbekistonda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Uni ochish haqida yanvar oyi oxirida e’lon berilgandi. Tashkilot har oy Prezident administratsiyasiga hisobot beradi. Undagi taklif va tavsiyalarni ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari berib boradi.

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
6 fevral 2024, 16:23

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

2021-yildan buyon Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Tapil Mahamadziyayev lavozimidan ozod qilindi. Yanvarda prezident bosh vazirga Mahamadziyayevning lavozimiga loyiqligini hal qilishni topshirgandi. Tumanni vaqtincha boshqarish hokimning birinchi o‘rinbosari Fathulla Nigmanovga yuklandi.

Ramazon Ashrapov IIV rahbari o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi
6 fevral 2024, 11:25

Ramazon Ashrapov IIV rahbari o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi

Ramazon Ashrapov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi. U shu paytga qadar Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Ohangaron hokimi iste’fosini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirdi va kimnidir xafa qilgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘radi
6 fevral 2024, 10:18

Ohangaron hokimi iste’fosini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirdi va kimnidir xafa qilgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘radi

2020-yilning iyunidan beri Toshkent viloyati Ohangaron shahriga hokimlik qilib kelgan Akrom Eshonqulov lavozimini tark etgani haqida e’lon berdi. “Ish jarayonida birontangizni ranjitgan bo‘lsam, barchalaringizdan uzr so‘rayman. Xayr jonajon shahrim”, — deb yozdi u.

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo‘ldi
6 fevral 2024, 08:33

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekiston TIVning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ayubxon Yunusov mamlakatning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi. 50 yoshli diplomat 2016−2022-yillarda elchi bo‘lib ishlagan Bahromjon Aloyev o‘rnini egalladi.

Sherzod Salixov Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi
5 fevral 2024, 18:09

Sherzod Salixov Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkent viloyati Chinoz tumaniga Sherzod Salixov hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasiga o‘tkaziladi
5 fevral 2024, 13:15

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasiga o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev “El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi. Jamg‘arma hisobidan yoshlarni o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.

Rahmatulla Nazarov O‘zbekistonning Belarusdagi yangi elchisi bo‘ldi
5 fevral 2024, 09:31

Rahmatulla Nazarov O‘zbekistonning Belarusdagi yangi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nazarov Minskda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlab kelayotgandi.

Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi bo‘ldi
4 fevral 2024, 10:49

Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning O‘monga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov Maskat shahriga yetib bordi. U 2018-yildan buyon Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.

O‘zbekiston Bishkek IESdagi avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi
3 fevral 2024, 15:40

O‘zbekiston Bishkek IESdagi avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi. O‘shga Andijondan suyultirilgan gaz ballonlari yordam sifatida jo‘natildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
3 fevral 2024, 12:10

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga Farxod Boqiyev hamda Sardor Radjabov o‘rinbosar etib tayinlandi. Boqiyev Senat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Radjabov esa mazkur vazirlik departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Otabek Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbar bo‘ldi
2 fevral 2024, 17:36

Otabek Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbar bo‘ldi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga Otabek Hasanov rahbar etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari edi.

Kongratbay Sharipov oliy ta’lim vaziri bo‘ldi
2 fevral 2024, 16:36

Kongratbay Sharipov oliy ta’lim vaziri bo‘ldi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Ma’naviyat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishdan olindi
2 fevral 2024, 16:23

Ma’naviyat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishdan olindi

2019-yilning sentabridan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida ishlagan Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) ishdan olindi. U Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

MTRKga salkam 20 yil rahbarlik qilgan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi
2 fevral 2024, 15:35

MTRKga salkam 20 yil rahbarlik qilgan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi

O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.

O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri v.b. bilan uchrashdi
1 fevral 2024, 12:17

O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri v.b. bilan uchrashdi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Ular chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting