Siyosat

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska
4 sentabr 2023, 17:39

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska

Siyosat izchilligi, muvofiqlashtirilgan harakatlar va ishonchli ma’lumotlar tahlili rivojlanishning zamonaviy muammolarini hal qilish kalitidir. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska mamlakatdagi missiyasini yakunlanishidan oldin “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
3 sentabr 2023, 17:52

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Toir Alimatov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?
1 sentabr 2023, 11:26

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?

Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, ekologiya, kuchli fuqarolik jamiyati va OAVning ahamiyati, ayollarga teng imkoniyatlar yaratish, bag‘rikenglik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish kabi masalalarga to‘xtaldi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli qilishdir”, — deya eslab o‘tdi u.

Mustaqillik bayrami arafasida 286 kishi afv etildi
31 avgust 2023, 19:32

Mustaqillik bayrami arafasida 286 kishi afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 286 nafar mahkum afv etildi. Ularning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
31 avgust 2023, 12:46

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

Rossiyaning Belgorod viloyatiga O‘zbekistonning davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari tomonidan 12 tonna insonparvarlik yordami jo‘natildi. Yukda kiyim-kechak va poyabzallar, dori-darmon, shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud.

Samarqandda Osiyo va Yevropa davlatlari vakillari oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qiladi
31 avgust 2023, 11:19

Samarqandda Osiyo va Yevropa davlatlari vakillari oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qiladi

7−8-sentabrda Samarqandda bo‘ladigan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada 30 dan ortiq davlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashadi. Kun tartibidan “Nol ochlik” maqsadiga erishish, mamlakatlararo mahsulot yetkazib berish uchun ekspress yo‘laklarni ochish va boshqalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston prezidenti yangi elchilarni qabul qildi
30 avgust 2023, 22:07

O‘zbekiston prezidenti yangi elchilarni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Xitoy, Malayziya, Buyuk Britaniya, Turkmaniston va Bangladeshning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

O‘zbekistonda yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi e’lon qilindi
30 avgust 2023, 12:09

O‘zbekistonda yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi e’lon qilindi

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistondagi 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbarlar ro‘yxatini tuzdi. Bu yilgi reytingda rahbarlar ro‘yxatiga nodavlat sektor vakillari ham kiritildi.

Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
30 avgust 2023, 10:08

Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Muhammad Monirul Islom Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.

Yangiariq tumaniga hokim v.b. tayinlandi
30 avgust 2023, 09:20

Yangiariq tumaniga hokim v.b. tayinlandi

Kamal Atajanov X️orazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi
29 avgust 2023, 23:56

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi

Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.

O‘zbekiston prezidenti yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi
29 avgust 2023, 23:43

O‘zbekiston prezidenti yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi

“Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi”. O‘zbekiston prezidenti Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi, metroda yurdi. Foto.

Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasi yuklatildi
29 avgust 2023, 12:38

Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasi yuklatildi

Bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Salom Samadov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi
29 avgust 2023, 11:41

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi

Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Qoraqalpog‘istonga adliya vaziri tayinlandi
29 avgust 2023, 11:23

Qoraqalpog‘istonga adliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi
28 avgust 2023, 20:45

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.

Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirini I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi
28 avgust 2023, 15:12

Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirini I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi

Prezident mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovni I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, bosh prokurorning 2 nafar o‘rinbosari, Oliy sud raisi o‘rinbosari, prokuratura, IIV va boshqa idoralar xodimlari ham taqdirlandi.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka sobiq nomzodlar, tadbirkorlar va boshqalarni taqdirladi
28 avgust 2023, 14:44

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka sobiq nomzodlar, tadbirkorlar va boshqalarni taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka sobiq nomzodlar Ulug‘bek Inoyatov va Alisher Qodirovni, shuningdek, deputat va senatorlar, Enter Engineering, SANEG kompaniyalari vakillari, Uzbekistan GTL, “O‘zmetkombinat” loyihalari rahbarlari va boshqalarni ordenlar bilan taqdirladi.

USAID O‘zbekiston IIVga $50 minglik texnikalarni topshirdi
28 avgust 2023, 12:10

USAID O‘zbekiston IIVga $50 minglik texnikalarni topshirdi

AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga 50 ming dollarga teng ofis jihozlarini topshirdi. Ular odam savdosi sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot bazasini rivojlantirish maqsadida taqdim etildi.

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?
27 avgust 2023, 12:00

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?

Insoniyat taqdiri AQSh va Xitoy qay darajada murosaga kela olishiga bog‘liq. Har ikki kuch qarshi tarafning strategik xavf tug‘dirishiga o‘z-o‘zini ishontirib bo‘lgan. Xitoy va AQSh bir-biri bilan keng qamrovli urush tahdidisiz birga yashay oladimi? Amerikalik nufuzli diplomat Genri Kissinjer mulohazalari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting