X️orazm viloyati Yangiariq tumaniga Kamal Atabayevich Atajanov hokim vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Kamal Atajanov ushbu lavozimga tasdiqlangunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

U Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan. Atajanovga qadar — 2020-yilning dekabrdan buyon tumanni Anvar Davletov boshqargan. Shu yilning iyul oyida u Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan.