O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy elchisi Yuy Szyun, Malayziya elchisi Ilhom Tua Bin Ilyos, Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov va Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islomdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini O‘zbekistondagi faoliyati rasman boshlangani bilan samimiy qutladi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

элчилар, шавкат мирзиёев

Shavkat Mirziyoyev elchilarga mas’uliyatli va sharafli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltirish uchun faolroq ishlash va hududlarga ko‘proq borishga chaqirdi.