Prezidentning 2-sentabrdagi qarori bilan Toir Namatullayevich Alimatov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Bungacha Alimatov shu vazirlikda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq prezident uni O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagandi.

Avgust oyi boshida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jalol Arashov Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Vazirning yana bir o‘rinbosari Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlangan.