O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni Toshkent metropolitenining Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosini borib ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

yerusti ҳалқа metrosi, шавкат мирзиёев

“2017-yilda bu loyihani boshlaganimizda ishonmaganlar ham bo‘lgan edi. Mana, Xudoga shukur, yerosti va yerusti metro yo‘llari bog‘lanib, halqaga aylandi. To‘g‘ri, og‘ir bo‘ldi. Lekin xalqimizga xizmat qiladigan, tarixda qoladigan yo‘l bu. Odamlarimiz, farzandlarimiz bunda yurib, davlatdan rozi bo‘lsa, niyatimizga yetgan bo‘lamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

yerusti ҳалқа metrosi, шавкат мирзиёев

“Do‘stlik” (sobiq “Chkalov”) bekatidan Qo‘yliq mavzesigacha bo‘lgan yerusti metro liniyasining birinchi bosqichi 2020-yil avgust oyida ishga tushirilgan edi. O‘sha yilning dekabr oyida Chilonzor liniyasining davomi bo‘lgan Sergeli filiali ochildi. Hozirda loyihaning ikkinchi bosqichi yakunlandi — “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” deb nomlangan yerusti liniya Sergeli filiali bilan bog‘landi.

yerusti ҳалқа metrosi, шавкат мирзиёев

Mazkur ikkinchi bosqich doirasida 12 kilometr estakada yo‘l va 7 ta bekat barpo etilgan. Bu oraliqdagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Bir kunda 40 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

yerusti ҳалқа metrosi, шавкат мирзиёев

Umuman, bugun Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan oshdi. Shundan 38 kilometri 1977-yildan keyin bunyod etilgan bo‘lsa, oxirgi 7 yilda 32 kilometr metro yo‘li qurildi. Bekatlar soni 50 taga yetdi.

Metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 750 mingga yetishi kutilmoqda. Jamoat transportidan kuniga 1,4 mln nafargacha yo‘lovchilar foydalanmoqda.

“Bu shaxsiy transportlarga ehtiyojni, pirovardida ko‘chalarda tirbandlikni kamaytirishda muhim omil bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.

yerusti ҳалқа metrosi, шавкат мирзиёевYerusti metrosi va Sergeli tarmog‘i ochilganidan buyon stansiyalar nomsiz va raqamlar bilan belgilangan edi. Avgust oyi boshida hukumat nihoyat 19 ta stansiya nomini tasdiqladi. Prezident matbuot xizmati suratlarida “Matonat” bekatidagi belgilarni ko‘rish mumkin (dastlab “Paralimpiya harakati” varianti taklif qilingan edi).